2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix03.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#100089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

Vazirlik Mahkamasi 
boshqargan. Vazirlardan biri 
mamlakat va raiyat vaziri 
viloyat va tumanlardan to‘planadigan hosil, soliq-
o‘lponlar va obodonchilik masalalari bilan shug‘ullangan. Ikkinchi – 
vaziri sipoh, 
deb atalib harbiy ishlar vaziri hisoblangan. Saltanatda 
tijorat 
(savdo), 
moliya ishlari 
vazirlari 
bo‘lgan. Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar 
boshqaruvini nazorat qilgan. Bu uch vazir saltanatning “xolisa”, deb yuritilgan 
bosh nazorat hay’atini ham tashkil etgan. 
Yetti vazir devonbegiga bo‘ysungan va u bilan bamaslahat davlatning 
moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. 
Mamlakat ma’muriy jihatdan 
ulus, viloyat 
va 
tumanlarga 
bo‘linib, ular 
hokim, 
noib 
va 
tuman boshliqlari 
tomonidan boshqarilgan. Bu boshqaruv rahbarlarining 
aksariyati harbiylar-amirlar bo‘lgan. Har bir shahar va viloyatlarning 
moliya devoni, 


qozisi, muftisi, mutavallisi 
va 
muxtasibi 
bo‘lgan. 
Buyuk Sohibqiron ishning ko‘zini biladigan tadbirkor, qobiliyatli insonlarni 
yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, jang 
ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki 
tajribali bir kishi minglab kishiga ishbuyuradi”
1

Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga qat’iy 
rioya etilishi ulkan saltanatni muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshirish imkonini berdi. 
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga. 
XVII–XVIII 
asrlardagi 
sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi bilan 
korxonalar uchun manufaktura xo‘jaligi chegaralari juda torlik qilib qoldi. 
Fabrikalarni rivojlashtirish uchun sarmoyaga bo‘lgan ehtiyoj keskin o‘sdi. Bu esa 
aksiya kapitaliga keng yo‘l ochib berdi. Ana shunday sharoitlarda boshqaruv 
faoliyatining mushkullashib ketganligi bu sohada yo‘llanma boshqaruvchilar va 
mutaxassislarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aksiyador mulk egalari o‘z 
manfaatlarini amalga oshirish vakolatini, buning uchun zarur bo‘lgan barcha 
huquqiy me’yorlarni ishlab chiqqan holda boshqaruvchi menejerlar ixtiyoriga 
berdilar. Bu jamiyat taraqqiyotida g‘oyatda muhim bosqich bo‘ldi. 
1776-yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan 


Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə