2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix03.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#100089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

Genri Fordga 
yuksak moliyaviy samaraga erishish imkonini berdi. G.Fordning 
jahonning o‘nlab mamlakatlarida yuz martadan ko‘p qayta nashr etilgan “
Mening 
umrim, mening yutuqlarim” 
kitobida texnika ixtirolaridan tijorat maqsadida juda 
yuksak samara bilan foydalanish ochib berilgan. 
1
Бернал Дж. Десмонд. Мир без войны. М.: Иностранная литература, 1960. – С. 20 - 42. 


Bugungi iqtisodiyotda personalni boshqarish (personal menejmenti) korxona 
(tashkilot) darajasida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish uchun shart-
sharoitlarni yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-
tadbirlar tizimidir. 
Personalni boshqarishda xodimlardan yuksak samara olish, demakki, 
korxona (tashkilot) faoliyatida yuksak pirovard natijalarga erishish ular qiziqishini 
aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda o‘zgartirishga qaratilgan uzluksiz jarayondir. 
Hozirgi sharoitlarda personal bilan ishlashning asosiy maqsadi yuksak mas’uliyat, 
jamoa psixologiyasi, yuqori malaka, mulkdorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan shaxsni 
shakllantirishdir. 
Personalni boshqarishda 
funksiya jihatidan 
kadrlar sohasidagi ishlar bilan 
bog‘liq barcha vazifalar (masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish, 
malakasini oshirish, mehnatga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish va hokazolar) 
tushuniladi. 
Tashkiliy jihatdan 
esa bu tushuncha kadrlar bilan ishlash uchun mas’ul 
bo‘lgan barcha shaxs va tashkilotlarni (masalan, rahbar xodimlar, kadrlar 
bo‘limlari, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari) qamrab oladi. 
1.1.
 
Personalni boshqarishning hozirgi davr yo‘nalishlari 
 
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti muttasil o‘zgarib borish xususiyatiga ega. 
Shunday ekan korxona ham (agar u bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajada 
samarali faoliyat ko‘rsatishga intilsa) nafaqat bu tashqi o‘zgarishlarga, balki 
o‘zgarishlar sur’atiga ham tez moslasha olishga qodir bo‘lishi kerak. 
Shu jihatdan an’anaviy korxona va yangi tipdagi korxonani farqlay olish 
darkor. 
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari korxona ichki muhitida 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar (iqtisodiyotda, texno- logiyalarda, ijtimoiy sohada, 
huquqiy munosabatlarda) bilan bog‘liqdir. Ularni quyidagi shaklda (1.3-rasm) 
tasavvur etish mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq ijtimoiy va huquqiy sohalardagi o‘zgarishlar 
boshqaruvning yangi yo‘nalishlarini shakllantiradi. Ular quyidagilardan iboratdir: 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə