2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix03.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#100089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

Korxona jamoasining 
maqsadlari va natijalari 
Mijozlar 


ham sezilarli farq mavjudligini ko‘rsatish darkor. So‘nggi yillarda G‘arbiy Yevropa 
iqtisodiyotining jamoa sektori ancha qisqarganiga qaramasdan uning ulushi 
AQSHga nisbatan yuqoridir. Masalan, Shvetsiyada aholining yarmidan ko‘prog‘i 
iqtisodiyotning jamoa sektorida banddir. Buyuk Britaniyada so‘nggi vaqtda 
xususiylashtirish jarayoni faollashganiga qaramasdan aholining to‘rtdan bir qismi 
iqtisodiyotning jamoa sektoriga jalb etilgan. 
“Yevropa modeli”ning o‘ziga xos xususiyatlari personalni boshqarishda 
ishlab chiqarishni o‘rab turgan muhitni (masalan, qonunchilikni) e’tiborga olish, 
shuningdek, personalni boshqarishga ikki taraflama (ham tashkiliy jihatdan, ham 
ijtimoiy masalalar jihatidan) yondashishini talab etishini namoyon etadi. 
Kompaniya va firmalar boshqaruv xizmatidan bozor iqtisodiyo- tining 
murakkab va doim o‘zgarib turadigan vaziyatlarida xodimlar faoliyatini 
muvofiqlashtirish juda katta malaka va mahoratni talab etadi. Iqtisodchi olimlar 
fikricha, “Yevropa modeli”da personalni boshqarishdagi bu xususiyat hisobga 
olingan. 
Yaponiyada esa personalni boshqarishni davlat korporatsiyalarida xodimlar 
bir umrga ishga yollanishi hamda ish haqiga, mehnat stajiga qarab ustamalar 
to‘lash tizimi mavjudligi xususiyatlarini hisobga olmasdan tasavvur etib 
bo‘lmaydi. 
Yaponiya korporatsiyalarida personalni boshqarish siyosati quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 

ishchi kuchi ta’lim muassasalarini bitiruvchilari ichidan tanlab olinadi; 

ishlab chiqarishning u yoki bu vazifalarini hal etish uchun 
nomzodlarning jinsi hisobga olinadi; 

muntazam kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi; 

nomzodlar 
xodimlarning 
kasbiy 
ayirboshlanishi 
tamoyillaridan 
foydalaniladigan dasturlar asosida o‘qitiladi; 

xodimlarni u yoki bu mansab vazifasiga ko‘tarish uchun ularning mehnat 
faoliyati barcha mezonlar bo‘yicha baholanib boriladi; 

personalning ish staji va yoshiga qarab ular ish haqiga maxsus ustama haq 
to‘lash amalga oshiriladi, xodimlarning ish bilan bandligi kafolatlanadi. 
Yaponiya korporatsiyalarida asosiy e’tibor kasbiy tayyorgarligini 


ishdan bo‘sh vaqtlarida yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga 
oshirishga qaratiladi. Shu bilan birga xodimlarning ish joylarida o‘rindoshlikda 
faoliyat yuritishlari, ularni boshqa xizmat vazifalariga o‘tkazish odatiy holatga 
aylangan. 
Boshqarishning “yaponcha modeli” personal faoliyatini muntazam ravishda 
har taraflama chuqur baholab borishni taqozo etadi. Amaliyotda bu personal ish 
haqini oshirish yoki uni mansab vazifasida yuqoriroq lavozimga ko‘tarish juda 
sinchiklab tekshiruvlardan so‘ng amalga oshirilishini anglatadi. Bunda asosiy 
e’tibor nomzodning yoshi, ish staji, ma’lumoti, jinsiga qaratiladi. 
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə