2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix03.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#100089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11

Ichki muhit 
-
yuqori darajadagi 
rahbariyatning maqsad 
va qadriyatlari; 
-
tashkiliy strategiya; 
-
tashkiliy madaniyat; 
-
texnologiya; 
-
tizim; 
-
miqyos. 


Bugungi kunda inson resurslarini boshqarishning muvaffaqiyati ko‘p 
jihatdan tashqi va ichki muhitni o‘rganish, tahlil etishga hamda inson resurslarini 
rejalashtirishga bog‘liqdir. Inson resurslari sohasidagi faoliyatning barcha 
turlarida huquqiy me’yorlarning roli beqiyosdir. 
Bular qatorida tashqi muhitning boshqa jihatlarini, shu jumladan mamlakat 
ichkarisidagi va jahon bozoridagi raqobatni, demografik o‘zgarishlar va ishchi 
kuchlari o‘zgarishini hamda umumiy iqtisodiy va tashkiliy tendensiyalarni 
o‘rganish hamda tahlil etib borish talab qilinadi. Kompaniya yoki firma ichki 
muhitining muhim xususiyatlari qatoriga korxona yoki tashkilot strategiyasi, 
maqsadlari, yuqori daraja rahba- riyatning maqsad va qadriyatlari, mehnat 
madaniyati va tarkibi kiradi. 
Ushbu xususiyatlarni muntazam o‘rganib borish va tahlil etish kompaniya 
yoki firma ehtiyojlarini ta’minlashni kafolatlash bilan bir qatorda, inson resurslarini 
boshqarish bo‘yicha chuqur asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 
Inson resurslarini rejalashtirish qisqa muddatli va istiqbolli bo‘ladi. 
Rejalashtirishda ish joylari uchun kerak bo‘lgan ishchi va mutaxassislar malakasi 
va qobiliyatlarini aniqlash uchun kompaniya yoki firmadagi mehnat jarayonini 
chuqur tahlil etish kerak bo‘ladi. 
Inson resurslariga ehtiyojni rejalashtirishda yuqorida qayd etilgan jihatlarni 
hisobga olish: 
1.
Bugun qanday malakaga ega bo‘lgan va qancha miqdordagi personal kerak 
hamda kelgusida qancha kerak bo‘lishini. 
2.
Ana shunday personalni qaysi yo‘l bilan (ishchi va mutaxassislarni 
tashqaridan jalb etish orqali yoki korxonada mavjud bo‘lgan ishchi kuchidan 
foydalangan holda) ishga jalb etish. 
3.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash uchun qanday 
o‘rgatuvchan va personalni rivojlantiradigan dasturlar zarur bo‘lishini aniqlash 
imkonini beradi. 
Kompaniya yoki firmaning inson resurslariga qo‘shimcha ehtiyoji ma’lum 
bo‘lgandan so‘ng personalni tanlash yuzasidan amaliy ishga kirishiladi. 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə