2-mavzu. Shaxs va uning faoliyati. Reja: Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs


Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi



Yüklə 53,88 Kb.
səhifə6/10
tarix22.12.2023
ölçüsü53,88 Kb.
#154405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi. Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo’nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi.
Yo’nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi:
Mas’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko’rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko’ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o’zining hayotida ro’y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o’zini tan oladi. («Men o’zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o’zimga bog’liq, shuning uchun o’zim uchun ham, oilam uchun ham o’zim javob beraman»). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro’y bergan va beradigan voqyea, xodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o’qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshq.).
Xorij mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko’proq o’smirlarga xos bo’lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o’rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham «nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim Dj. Rotter (J. Rotter) ning fikricha, mas’uliyatni o’z bo’yniga olishga o’rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm xolatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o’z -o’zini hurmat xissi ham yuqori bo’lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashish yashashga sira halaqit bermaydi. Shuning uchun ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga ko’proq tashabbus ko’rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz I. Karimov siyosatining asosini tashkil etadi.

Yüklə 53,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə