2-mavzu. Shaxs va uning faoliyati. Reja: Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs



Yüklə 53,88 Kb.
səhifə8/10
tarix22.12.2023
ölçüsü53,88 Kb.
#154405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Dunyoqarashtartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g’oyalar majmui bulib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o’rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o’z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo’liga — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.
Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli. Dunyoqarash — shaxsning shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko’rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o’zgarishi masalasi muhim masalalardan bo’lib, hamma vaqt va davrlarda ham o’ta dolzarb bo’lib kelgan. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri — ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bo’lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu o’rinda psixologiya o’zgarishlar sharoitida e’tiqod, dunyoqarash va ideallar o’zgarishiga sabab bo’luvchi omillar xususida quyidagilar ajratadi:
1. Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu — odamning tabiat, jamiyat va insonlar to’g’risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo’lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun — mohiyatini belgilaydi. Demak, yoshlarga qaratilgan va ular o’qib, o’rganishi uchun yo’naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy-ahborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o’zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g’oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I. A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda yangi «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg’or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o’rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i — xarakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o’zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.
2. Oila. Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o’chog’i bo’lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila»yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi o’z faoliyatini boshlashi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo’ldi va ularda yurtga, Vatanga, yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
3.
Yüklə 53,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə