2-mavzu. Shaxs va uning faoliyati. Reja: Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs



Yüklə 53,88 Kb.
səhifə7/10
tarix22.12.2023
ölçüsü53,88 Kb.
#154405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat xissiga bog’liq yo’nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga mo’ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson — ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o’zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o’rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o’ynaydi. Ideallar — shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu — umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning paydo bo’lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o’sha ideallar obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, o’smirning ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo’lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo’lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan barcha xodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to’plash, ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo’lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo’ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo’nalishiki, unga o’z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo’lishi mumkin — Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga, go’zallikka va shunga o’hshash.
E’tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi.
Yüklə 53,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə