2-mavzu. Shaxs va uning faoliyati. Reja: Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs



Yüklə 53,88 Kb.
səhifə9/10
tarix22.12.2023
ölçüsü53,88 Kb.
#154405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Mafkura. har bir davrning o’z mafkurasi bo’ladi va u shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Kommunistik mafkuradan batamom voz kechgan jamiyatimizda yangi mustaqillik mafkurasi shakllanmoqda. Zero, mafkura jamiyat a’zolarining tabiat, jamiyat va ijtimoiy jarayonlar xususidagi g’oyalari, bilimlari majmui bo’lib, har bir ijtimoiy guruh o’z e’tiqodiga mos mafkurani tanlaydi. Mustaqillikdan ruhlangan, uning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan bahramand bo’layotgan o’zbekistonliklar o’tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart-sharoitlarni anglab, o’zlari ongli ravishda ana shu tuzumga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. Yangi mafkura mustaqillik va milliy qadriyatlar g’oyasi ta’sirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda yoshlar dunyoqarashini o’zgartiruvchi muhim shartdir.
4. Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o’zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm — bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu — shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Rus olimi V. A. Yadov o’zining dispozision konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko’pincha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya.
B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) — ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.
V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar — ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
G) Qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li — bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni
Yüklə 53,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə