21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə7/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
21-маъруза матни

Delikventmenlar. Ular kimlar?

(Skinxedlar)

Ishlab chiqarish va iste’mol qilish dialektikasi ularda yirtqich hayvonlarga o‘xshab "faqat iste’mol qilish uchun" soddalashtirilgan. Ishlab chiqarish o‘rniga – iste’mol mahsu-lotlarini ularning qonuniy egalaridan zo‘rlik bilan olib qo‘yish. Shuning uchun, ular faqat tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin. Mulkni olib qo‘yish va odamlarga zo‘rlik ishlatish bo‘yicha aksiyalardagi muvaffaqiyat qudratlilik xomxayolini, xudoga nisbatan tajovuzkorona munosabatni paydo qiladi. Lekin omadsizlik (qamoq, ayniqsa, o‘limga mahkumlar kamerasi) bunday shaxslarni mutaassib, xudojo‘y qilib qo‘yadi. Ularning hayoti qolgan insonlardan ko‘ra ikki-uch marta qisqaroq bo‘lib, o‘lim ko‘p hollarda zo‘ravonlik orqasida yoki qamoqda orttirilgan surunkali kasalliklar oqibatida sodir bo‘ladi. Bu turdagi shaxslarda hudud uchun kurash, ba’zan o‘ta shafqatsiz va qonli kurash bilan kechadi. Affektning ustunlik qilishi ularni oddiy odamlarga nisbatan o‘ta ta’sirchan qilib qo‘yadi. Ular o‘g‘irlangan narsalarni «kambag‘allar» va «baxtsizlar» bilan bajonidil bo‘lishishlari mumkin. Kuch va kuchlilar, ayniqsa hokimiyatga ega bo‘lganlar oldida ehtirom ko‘rsatishadi, zero, ongsiz ravishda ular o‘zlarini ular bilan tenglashtiradilar. Ularning «hokimiyatga kirish»ga intilishlari shundandir. Qamoqda tabiiy ravishda ayollarning jinsiy xizmatlariga juda katta talab yuzaga keladi. Kuchli mahbuslar mazkur talab tazyiqiga qarshi tura oladilar, zaiflar esa – yon bosadilar. Tur ichida ikki guruhga bo‘linish yuz beradi: "erkaklar" va "tubanlashganlar" yoki "xo‘rozlar". Kuchlilar guruhi doirasida o‘z jinoiy aslzodalari - "qonundagi o‘g‘rilar" ajralib turadi. Delinkventmenlar turi o‘limning ko‘pligi va odamlar-ning oraliq turidan yangi a’zolar oqimi hisobiga yuqori darajada yangilanuvchanligi bilan ajralib turadi. Bu esa turning busiz ham etarli darajada xavfli bo‘lgan yuqori darajada moslashuvchanligidan dalolat beradi. Quyi tur vakillarini katta bo‘lmagan, lekin yaxshi qo‘riqlanadigan, ular ko‘paya olmaydigan joyda saqlash bilan oliy turni quyi turdan xavfsizlantirish mumkin. Biroq bu usulning samaradorligi turning yangilanish darajasi yuqoriligi sababli pasayadi. Xuddi shu sababga ko‘ra genosid6 ham samara bermasligi mumkin.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə