21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə6/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
21-маъруза матни

Fohishalik va jinoyatchilik

Jinoyatchi va fohishalar anatomik va psixologik munosabatlarda o‘xshashdirlar. Xuddi biridagi kabi, boshqasida ham axloqiy tuyg‘ularning xuddi o‘sha nuqsonlarini, o‘sha toshbag‘irlik va erta paydo bo‘layotgan yovuzlikka moyillikni, jamoatchilik fikriga befarqlikni ko‘rish mumkin. Shular tufayli biri jinoyatchining, boshqasi esa fohishaning holatiga bir xildagi ehtiyotsizlik, engiltaklik va yalqovlik, kekkayish va shovqinli o‘yin-kulgiga, aysh-ishrat va kayf-safoga ishtiyoq kabi osongina ko‘nikadi. Fohishalar orasida hayratomuz ravishda o‘g‘rilik, tovlamachilik va tan jarohati etkazish kabi nisbatan engil jinoyatlar sodir etish tarqalgan. Psixologik nuqtai nazardan fohisha xuddi o‘sha jinoyatchiga o‘xshaydi, agar u jinoyat sodir etmayotgan bo‘lsa, buning sababi – uning jismoniy zaifligi va aqliy rivojlanishi cheklanganligidadir, yana undan ortig‘i, fahshda u o‘zining barcha istaklarini qondirish vositasiga ega va shuning uchun eng kam energiya sarflash qonuniga ko‘ra, u aynan shu vositani boshqasidan ustun qo‘yadi. Shunday qilib, fohishalik ayollar huquqbuzarligining o‘ziga xos shaklidir. Og‘ir yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan haqiqiy jinoyatchi ayollar, har doim o‘zlarida u yoki bu jihatdan yirik anomaliyalarga ega bo‘lgan holda, erkaklardan ancha ustun bo‘lgan g‘aroyib axloqiy buzuqligi bilan ajralib turishadi va biologik nuqtai nazardan qaraganda sof erkakcha xarakterga ega bo‘ladilar – bir so‘z bilan aytganda, ularga ayollik xususiyatlaridan mustasno ayollar deb qarash kerak. Shunday qilib, bizning haqiqiy ayollar jinoyatchi-ligini aynan fohishalikda ko‘rish mumkinligi to‘g‘risidagi nuqtai nazarimiz tasdig‘ini topadi. Endi bizga nima uchun fohishalar orasida aynan engil, ahamiyatsiz bo‘lgan jinoyatlar ustun turishi tushunarli bo‘ladi. O‘z tabiatiga ko‘ra, jinoyatchi bo‘lganlari holda, ular hamma jinoyatchilar uchun umumiy bo‘lgan yo‘ldan, lekin faqat ma’lum chegaralarga qadar borishadi, ushbu chegaralar orqasidan esa jinoyatchilik endi o‘zgacha, o‘ziga xos shaklda, fohishalikda namoyon bo‘la boshlaydi. Biz yoshligida o‘g‘ri bo‘lgan, ulg‘ayganidan keyin esa o‘g‘rilikni tashlab, fohishaga aylangan ko‘p qizlarni bilardik5.

Lombrozo nazariyasining izdoshlari orasida deviant shaxsning shakllanishiga evolyusion yondashuv muallifi V.V. Djosni eslatib o‘tish zarur. Jonli tabiatning evolyusion rivojlanishi, Djosning fikriga ko‘ra, "homo sapiens" - tabiat ne’mati bo‘lgan «ongli odam»ni yaralishida to‘xtab qolmadi, balki o‘zining tur ichida rivojlanishini davom ettirmoqda. Odamning evolyusion rivojlanishi natijasida uni ikki turga: oliy tur - homo pontific – olamga rasional va irrasional munosabatini birlashtira olgan odamlar, va quyi tur - delikventlar, homo criminalis - o‘z istaklarini asabiy ravishda boshqaradigan odamlarga ajratiladi. Djosaning fikriga ko‘ra, aynan delikventlar, evolyusion (rivojlanish) zinapoyada hammadan ko‘ra hayvonlarga yaqin turadilar, chunki ularning tashvishlaridagi aks ehtiyoj bevosita faolliklarini asoslaydi, ularning bu ehtiyojlarni qondirish borasidagi harakatlari esa g‘ayriixtiyoriy va impulsiv ravishda sodir etadilar. Holbuki, bu evolyusion rivojlanish kishining o‘z ehtiyojlarini qondirishini hayvondan farqli o‘laroq, o‘z instinktiga asosan emas, balki o‘zining o‘tmishdagi tajribasi va ko‘zlagan maqsadiga asosan amalga oshiradi. Zero maqsadni ko‘zlash, xuddi borliqqa rasional yondashuv kabi, irrasional yondashuvga ham asoslanishi mumkin, deb hisoblaydi Djos.

Bu dunyodagi barcha o‘zgarishlar mazkur mantiqni o‘zlashtirgan kishi uchun tushunarli va oldindan ma’lumdir. O‘z axloqini bu mantiqqa bo‘ysundirgan kishining harakatlari doimo oldindan kutilgan natijaga olib keladi. O‘z ehtiyojini qondirish uchun odam o‘zi uchun faqatgina uni ko‘zlangan maqsadga olib keluvchi harakatlarni tanlaydi.

Irrasional dunyoda hamma narsa insonga noma’lum bo‘lgan qonunlar, go‘yoki tasodifan, lekin kimningdir xohishi bilan sodir bo‘ladi. Inson bu dunyoda go‘yoki tavakkaliga harakat qiladi. U oldiga maqsadlar qo‘yadi, kelajakni oldindan sezadi, biroq bunga to‘liq ishonch hosil qila olmaydi. Irrasional olam kimgadir xayrixoh bo‘lishi mumkin, bunday odamning «omadi yurishadi», yoki aksincha, dushmanlik ruhida bo‘lishi mumkin, undan "omad yuz o‘giradi". Irrasional dunyoda xuddi rasional dunyodagi kabi o‘z faoliyatini rejalashtirish mumkin. Ammo agar inson o‘z iqtidoriga ortiqcha baho berib yuborsa, manzilga toshbaqadan oldin etib borishiga ishonib, yarim yo‘lda qolib ketgan quyonning ahvoliga tushib qoladi. Irrasional dunyoda butunlay hamma narsani bilish mumkin emas, chunki irrasional olam – bu ob’ektiv umumiy olamdir. Inson uchun u doimo - "kimnikidir", bu dunyoda u faqat "mehmonda" bo‘lishi mumkin, xolos. Rasional olam esa sub’ektivdir, inson butun hayoti davomida o‘zini boshqa odamlarning rasional fikrlari bilan tekshirib, uni ob’ektivlikka yaqinlashtirishga intilgan holda tiklaydi. Lekin bu ob’ektivlik doimo nisbiydir.

Rasional va irrasional dunyo nisbati turli odamlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Masalan, yovvoyi yoki qabila bo‘lib yashaydigan xalqlarda olamga nisbatan irrasional, rivojlangan (madaniylashgan) xalqlarda esa - rasional munosabat ustun turadi. Biroq maqsadni ko‘zlashning rivojlanish an’anasi mazkur qutblarning ajralib ketishida emas, balki sekin-asta yaqinlashuvida yotadi. Bunday holda, deb hisoblaydi Djos, kishining rivojlanishi insoniyatning inson-jinoyatchidan taqvodor bo‘lishga – xudo tomonga yuz burishini eslatadi.

Vaqt o‘tishi bilan, ta’kidlaydi Djos, evolyusion rivojlanish, tabiiy saralash orqali o‘tib, kishining hozircha yagona ko‘rinishini ikki turga bo‘ladi. Oliy tur – (o‘zini xudo deb da’vo qiluvchilar) pontifeksmenlar - va quyi, delinkventmenlar deb nomlanuvchi pontifeks-odam va odamsifat maymun o‘rtasidagi oraliq ko‘rinishdagi odamlar. Djosning fikricha, mazkur bo‘linishni, insoniyatni «odamlar» va «odam emaslar»ga ajratish uncha katta xato bo‘lmaydi. Zero, delinkventmenlar turining shakllanishi birlamchi hisoblanadi va ayni vaqtda, pontifeks-menlar turidan ko‘ra o‘nglanish ehtimoli mavjud.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə