21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə2/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
21-маъруза матни

1. Biologik-genetik yondashuv.

Biologik omillarning shaxsning og‘uvchi axloqi shakllanishiga va kelgusida jinoyat sodir etishga moyilligiga jiddiy ta’sirini birinchi bo‘lib taniqli italiyalik olim va kriminalist Chezare Lombrozo ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, biologik belgilar tashqi qiyofa va axloqda qay darajada o‘z ifodasini topishiga qarab, jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Tadqiqotning asosiy usullari sifatida Lombrozo antropometrik xarakteristikalarni ham kuzatish usulini qo‘llagan va ular yordamida kishi qiyofasini baholash alomatlari tizimini ajratgan. Bu alomatlar tug‘ma jinoyatchini to‘g‘ri kishidan farqlash imkonini berdi. Buning ustiga, Lombrozo kishining tashqi belgilariga ko‘ra hatto jinoyatchilarning alohida toifalarini differensiallashtirish (tabaqalashtirish) mumkin deb hisoblagan.

Shundan keyin, Lombrozo jinoyatchilar oilalarining genealogik jadvallari va kadastrlarini tuzish bilan shug‘ullanib, jinoiy axloqning irsiy omillar shakllanishida ulkan rol o‘ynashini ta’kidladi. Mazkur holatni u atavizm ko‘rinishiga – avlodlarni bir necha avlod orqaga ular ajdodlarining jinoiy o‘tmish(lar)iga qaytaruvchi ruhiy rivojlanish regressiga kiritdi. Atavizm yoki avlod naslining buzilishi alomatlari olim tomonidan delikventning susayib qolgan sezuvchanlikda, "hissiyot to‘mtoqligi"da va uning atrofdagi insonlarning dardi va quvonchiday hissiy ta’sirlanishga layoqatsizligida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos axloqiy telbalik ("moral insanity") sifatida ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng, Lombrozoning fikriga ko‘ra, bu sub’ekt identifikatsiyasining o‘zi yashayotgan jamiyat a’zolari bilan aloqasining uzishga olib keladi. Hozirgi vaqtda Lombrozo tomonidan belgilab berilgan jinoyatchi shaxsining pushaymon-likni inkor etishga sabab bo‘luvchi axloqiy hissiyoti va umumin-soniy qadriyatlarni tan olish layoqatining rivojlanmaganligi xususiyatlari jinoyat olamida yetarli darajada keng tarqalgan.

Lombrozo tomonidan ta’kidlangan nasl buzilishining boshqa belgisi delikvent xulqning «Kainning muhri»2 sifatida izohlangan tatuirovkalar (badanga tasvirlar chizish) chizishga bo‘lgan kuchli istakdir. Hozirgi vaqtda tatuirovkalar jinoyat olamining o‘ziga xos timsoli bo‘lib qolgan. Ular huquqbuzarlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotlar belgilaridir. Badanning turli qismlaridagi tatuirovkalar o‘z mazmuniga va chizilgan joyiga qarab jinoyatchiga ruhi, ixtisosi bo‘yicha aniq bir jinoyat ishi bo‘yicha yaqin bo‘ladi (qabr xochi - qotil "turi"; tatuirovka qilingan dollar – bosqinchilik sodir qilgan; qizlarning qo‘lidagi uchta nuqta – o‘g‘ri va hokazolar), ularni tashuvchilarning ta’blari haqida ko‘p narsa aytib berishi (ayollar, qadahlar, shpris va boshqa tasvirlar), ayrim biografik ma’lumotlarni bildirishi («tarbiyalangan» muassasa, tug‘ilgan yili va boshqalar), ma’lum bir jinoiy to‘daga a’zoligidan dalolat berishi mumkin (panjara, xoch, kartalar, shpris va boshqalar). Bundan tashqari, boshqa alohida belgilar orasida tatuirovka uning qimmatini, fikrlash tarzini, maqsadini aks ettiruvchi mustahkam shaxsiy xususiyat-laridan darak beradi.

Tatirovkalarning ma’naviy diagnostikasi3


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə