21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə8/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
21-маъруза матни

Suka - qonundagi o‘g‘rilardan nari ketgan sotqin.

Sxodka - qonundagi o‘g‘rilardan iborat norasmiy oliy hay’at organi.

Fanich suv solingan idish, choynak.

Xata - kamera, o‘g‘rilar makoni.

Xo‘jayin zona boshlig‘i.

Shkonka uxlash joyi.

Shunday qilib, Lombrozo va uning izdoshlari tomonidan kashf etilgan, ko‘pgina keltirilgan deviant shaxsning shaklla-nishiga ta’sir ko‘rsatuvchi biologik omillarning belgilari bugungi kunda ham kuzatilmoqda va jinoyat olami vakillarining aksariyatida aniqlanmoqda.

Psixologiya mustaqil fan sohasiga ajratilganidan so‘ng biologik jinoiy axloqqa ta’siri to‘g‘risidagi masala muammoni hal etishning yanada yuqori darajasida ko‘tarilmoqda. Axloqning sababiy asoslanganligi vazifasi shaxsning ruhiy hayotida statik va dinamik, ya’ni konstantali va o‘zgaruvchanlikning dialektik nisbati, bu omillarning deviant axloqqa ta’siri haqidagi masalani qo‘yishga olib keladi. Taniqli olim K. Yaspers bu muammoni quyidagicha ta’riflagan: "Shunday bazisli sifatlarni, odamlarning axloqi va faoliyatidagi barcha tashvishlarda mavjud bo‘ladigan o‘tkir, biroq mazmunan o‘ziga xos bo‘lmagan nimadir topish kerakki, ular ming yillar davomida biologik mohiyatini o‘zgartirmasin"7.

Nemis psixologi E. Krechmer bu muammoni qisman bo‘lsada hal etishga harakat qilib, konseptual ravishda bunday tug‘ma komponentni somatik va psixik, sog‘lik va kasallik orqali aloqani saqlab qolish mumkin bo‘lgan shaxsning tana tuzilishi sifatida ifodaladi. Krechmer tomonidan tegishli ravishda, deviant shaxs ham uning tomonidan yaratilgan konstitusiyaviy tipologiya yoki shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotlar doirasida ko‘rib chiqildi. Krechmerning mavjud yondashuvlarga nisbatan inson klassifikasiyasini tuzishdagi ustunligi shunda namoyon bo‘ldiki, hamma odamlarga xos bo‘lgan umumiy narsa kabi ifodalangan turlar asosiga va o‘z xarakterologik tuzilmalari (bu an’analarning xususiy namoyon bo‘lishi) asosiga inson ruhiyatining dinamik qarama-qarshiliklarini qo‘ydi. Individual xusu-siyatlarni chuqur tahlil qilish yo‘li bilan u shaxsning ruhiy hayoti negizida u yoki o‘zga shaxsni xarakterlovchi dialektik ikkita qarama-qarshi yo‘nalishdagi an’analar mavjudligini taxmin qildi. Krechmerning mazkur konstitusiyaviy ta’limoti odamlarni flegmatiklar, xoleriklar, melanxoliklar va sangviniklarga ajratishga qaraganda shaxsning psixologik xususiyatlarini tushunishga sezilarli ravishda yaqinroq keladi.

Krechmer tomonidan ajratilgan shizoidli va sikloidli turlar – shaxsga tegishli astenik va piknik tana tuzilishiga asoslangan. Bunda ular endi shaxs xususiyatlarining oddiygina ta’rifi bo‘lmaydi, balki u yoki bu darajada o‘zlarida diametral qarama-qarshi an’analarni uyg‘unlashtiradi.

Shizoidli mizoj – jizzakilik va omilik qutblari orasida turadi. Uning mumkin bo‘lgan xarakteristikasi: odamovi, bosiq, jiddiy, g‘alati, tortinchoq, hadiksirovchi, hissiyotga beriluvchan, hayajonli, itoatkor, vijdonli, beparvo, omi, kalta fahm.




Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə