21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə16/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
21-маъруза матни

6. Motivasion-patologik yondashuv.

Mazkur yondashuv mualliflari jinoiy yo‘nalish, avvalambor, shaxsning qarashlari, manfaatlari va qadriyatlari o‘zgarishiga olib keluvchi kishining motivasion muhiti o‘zgarishlari natijasida namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Bunda delikvent shaxsda nafaqat ehtiyojlar mazmuni va sabablari, balki ularning tuzilishi ham o‘zgaradi, kamroq ifodalangan bo‘lib qoladi. Motivasion muhitning bunday o‘zgarishlari natijasida delikvent shaxs ta’sirchan bo‘lib, uning patologiyasini shakllantiruvchi mayllar xarakterini oluvchi ehtiyojlari hukmronligi ostida qoladi. B.V.Zeygarnikning nazariy qoidalari va shaxsiy empirik tadqiqot materiallaridan foydalangan holda, Yu.M.Antonyan va V.V.Guldan jinoyat motivlari tasnifini ishlab chiqdilar, bunda shaxs yoki faoliyatning ma’lum bir patologiyasi ularning shakllanish shart-sharoiti sifatida namoyon bo‘ladi.



Affektogen motivlar ko‘proq psixopatik anomaliyali huquqbuzarlarda kuzatiladi. Bu mazkur jinoyatchilarning hissiy ta’sirchanligining o‘ziga xosligi, yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, ularni yumshatish ko‘pincha shafqatsizlik, tajovuzkorlik, jaholat bilan ajralib turuvchi harakatlarga olib keluvchi affektiv tashvish-larning tiqilib qolishi bilan asoslanadi. Bunday harakatlarni sodir etish imkoniyati yo‘qligini his qilgan holda, xafa qilgan shaxsga nisbatan zudlik bilan qarshi harakatlar zarurligini sub’ektiv ravishda sezish affektiv reaksiya yuzaga kelishining zaruriy sharti hisoblanadi.

Vaziyatli-impulsiv sabablar mavjud ijtimoiy me’yorlar, avvalgi tajribalar, tashqi ahvol, o‘z harakatlari orqasida yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olmagan holda dolzarb ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Sub’ektlardagi g‘ayriqonuniy harakatlarining vaziyatli-impulsiv sabablari-ning yuzaga kelishi va ro‘yobga chiqishi ularning xulqini boshqarishning o‘tmishdagi tajriba, o‘z harakatlarining bashorati va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlari natijasida buzilishiga asoslanadi.

Anetik sabablar ma’naviy-etik va huquqiy me’yorlarga, ya’ni axloqni tartibga solishning eng yuqori darajasida faoliyat vositachiligining buzilishini bildiradi. Mazkur sabablarga ko‘ra sodir etilayotgan ko‘pgina jinoyatlar, masalan, odam o‘ldirish, unga tayyorgarlik ko‘rish va kelgusida izlarni yashirish bilan amalga oshirishning turli bosqichlarida barcha harakatlar va operasiyalar o‘ylangan hamda puxta rejalashtirilgan xususiyatga ega bo‘ladi.

"Surrogat" sabablar biologik o‘xshash bo‘lmagan yoki mavjud ijtimoiy me’yorlar tomonidan taqiqlanadigan, jinoyatchi uchun qo‘zg‘atuvchi va mazmun hosil qiluvchi funksiyaga ega bo‘lgan: jinsiy perversiyalar, nekrofil, gomoseksual axloq, pedofil, piromaniya (olov yoqishga moyillik), dromomaniya (daydilikka moyillik) va hokazo ob’ektlarda ehtiyojlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha jinoiy harakatlarni bajarish bilan aloqadordir.

Psixopatik xulq – shaxsning ma’lum xislatlari, masalan, ro‘yobga chiqarishga intilish axloqning sababi hisoblanib, tajovuzkorlik yoki gumonsirashni qo‘zg‘atuvchi kuchga ega bo‘ladi.



Suggestiv sabablar guruh rahnamolari suggestiv obro‘-e’tiborining ishontiruvchi ta’siri yoki guruh ichidagi axloqiy muhit dinamikasi bilan belgilanadi.

Tushunilmagan sabablar bu mazmuni tushunarsiz yoki noaniq bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlarning sabablari bo‘lib, ularni qo‘zg‘atuvchi asos bolalik paytida shakllanadi va ruhiyatning tubida yotadi, jinoiy axloq esa "o‘rnini bosish" xarakteriga ega bo‘ladi.

Shunday qilib, psixologiyada mavjud bo‘lgan delikvent shaxsning o‘rganishga yondashuvlarni ko‘rib chiqishda har biri tadqiqotdagi muammoli sohani yoritadigan determinasiyalovchi belgilarning tahlili va tavsifini turli darajalarga ajratish mumkin. Fikrimizcha, delinkvent axloq shakllanishi qonuniyatla-rini yanada to‘liq tahlil qilish va jinoyatchi shaxsining psixologik xususiyatlarini ochish uchun ko‘rib chiqilayotgan muammoning imkon qadar barcha jihatlariga kompleks yondashuvni amalga oshirish zarur. Ushbu masalada shaxsning jinoiy axloqni keltirib chiqaruvchi va bunga moyilligi bo‘lgan shaxslarni huquqiy me’yorlarga rioya etuvchi odamlardan farqlaydigan hech qanday yaxlit (va yagona) xususiyati yo‘qligi haqidagi holat belgilovchi hisoblanadi. Jinoyatchilar va jinoyatchi bo‘lmaganlar-ni bitta qandaydir xususiyat yoki uning miqdori emas, balki ularning sifat jihatdan takrorlanmaydigan uyg‘unligi va alohida "solishtirma og‘irligi", ya’ni hozircha etarli darajada o‘rganilmagan xarakter tizimiga ega bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar kompleksi qat’iy ravishda ajratib turadi. Jinoiy axloqning genezisi shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishlar yoki harakatsiz-lik shaklidagi xulqiy harakatga psixologik jihatdan tayyorligi holatining shakllanishidan iborat. Bu tayyorlikning shakllanishi jarayonida shaxs o‘ziga xos ravishda tashqi shart-sharoitlarni o‘zlashtiradi va baholaydi. Buning uchun shaxsan xos bo‘lgan xo hishlarni (sabablarni) fikridan o‘tkazadi, harakatning qulay usullari va maqsadini belgilaydi. Ko‘zlangan maqsadga shaxsning o‘zini namoyon qiluvchi bilim, mahorat va qobiliyatlari tufayli erishiladi. Shunday qilib, shaxsning jinoiy axloqi xususiyatlarining vujudga kelishi jarayoniga axloqning tashqi shart-sharoitlarini o‘zlashtirishi, sabablar paydo bo‘lishi, maqsadni ko‘zlashi va ijro boshqaruvi sabab bo‘ladi.

Noijtimoiy axloq sub’ekti sifatida jinoyatchi shaxsining ruhiyatini ochishda uning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga kompleksli yondashuv talab qilinadi. Bu yondashuv shaxsning qaysi psixologik xususiyatlari jinoiy axloq vujudga kelishida rol o‘ynashi to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan xulosalarga tayanish lozim, ya’ni jinoyatchi shaxsining kriminogenligi mohiyatini ifodalov-chi psixologik tuzilma modelini yaratish zarur.

Tadqiqotchilar jinoyatchi shaxsining psixologik tuzilmasiga quyidagilarni kiritadilar:



    • ehtiyojli-motivasion muhitning xususiyatlari (ehtiyojlar, manfaatlar, turg‘un sabablar va boshqalar);

    • qimmatli-me’yoriy muhit xususiyatlari (qarashlar, e’tiqod, qimmatli orientasiyalar, yo‘l-yo‘riqlar);

    • intellektual xususiyatlar (aqliy rivojlanish darajasi, fikrlashning o‘ziga xosligi va boshqalar);

    • jinoiy axloq uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribani ifoda-lovchi xususiyatlar (bilim, mahorat, malaka, qobiliyat);

  • his-hayajonli, irodaviy xususiyatlar, mizoj.

Bunday holda, delikvent shaxsning turli toifalari orasida shaxsning ko‘p jihatdan jinoiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi aniq psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan jinoyatga moyil alohida turini ajratish mumkin.

Shaxsning psixologik xususiyatlari (shaxsiy xususiyatlari) deganda, ta’sirchanlikning oddiy shakllari va axloqning adaptiv mexanizmlarini belgilovchi individual sifatlarning nisbatan barqaror yig‘indisini, o‘zi haqidagi tasavvurlar tizimini, shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarining xarakterini tushuniladi. Boshqacha aytganda, bu shaxsning jamiyatdagi aktiv faoliyatini ta’minlovchi nisbatan barqaror va betakror tuzilmani ifoda etuvchi ichki komponentidir.



Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə