21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə12/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
21-маъруза матни

Marginal shaxs - (lot. margo - oxir, chegara) – vaziyat taqozosi bilan o‘zini ajratib tashlayotgan hukmron guruhning oxirgi nuqtasiga kelib qolgan individ. Natijada marginal shaxs o‘z madaniy qadriyatlarini «yo‘qotadi» va uning uchun «yangi» bo‘lgan jamiyatning qadriyatlari bilan to‘liq tenglasha olmaydi, bu esa uni deviasiyaga, passivlikka, tajovuzkorlikka, buzuqlik va hoka-zolarga olib keladi8.

Mualliflarning fikricha, uning aniq mamlakatdagi o‘lchami-ni belgilovchi o‘ziga xos "jinoyatchilikka to‘yinish qonuni" mavjuddir. Bu holda, jinoyatchilikning mavjud bo‘lishi, agar u hozircha har bir ijtimoiy tur uchun belgilangan darajadan oshmasa, to‘g‘ri holatdir, ya’ni "jinoyatchilikning mavjudligi - me’yor, uning o‘sishi - nuqson".

Sosiologik nazariyaning asosiy kamchiligi uning jamiyat rivojlanishidagi noqulay ijtimoiy omillar rolining bo‘rtti-rib yuborilishidir. Faqat ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblik va anomaliyagina fuqarolar psixologiyasini kriminallashtirishi to‘g‘risidagi fikrlar, mohiyatiga ko‘ra, jinoyatchilarning ichki erkinligi va axloqiy tanlovdagi mustaqilligini erga uradi. Bu holda, demak ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi, zero ular biologik yoki ijtimoiy ta’sirlarning g‘ayriixtiyoriy ro‘yobga chiqaruvchilari bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, ularga nisbatan profilaktik ta’sir choralari etarli darajada asoslanmagan. Chunki potensial va real jinoyatchilar uchun iqtisodiyotda, turmushda, bo‘sh vaqtini o‘tkazish va faollikning boshqa sohalarida qulay hayotiy sharoitlar yaratib berish jinoyatlar miqdorining kamayishida asosiy holat hisoblanadi.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə