21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə11/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
21-маъруза матни

2. Sosiologik yondashuv.

Jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan delinkvent axloqning shakllanishini o‘rganishni odatda E. Dyurkgeymning nomi bilan bog‘laydilar. U sosiologiyaga anomiya (fransuzcha. anomie - qonunsizlik, me’yorsizlik) tushunchasini kiritdi – bu jamiyatning shunday holatiki, bunda uning a’zolarining sezilarli qismi, ulardan talab etiluvchi axloq me’yorlari mavjud ekanligini bila turib, ularga salbiy munosabatda bo‘ladi. Anomiya muammosi davrning o‘tuvchi xususiyati, uning shartnomaviy-iqtisodiy munosabatlarini ma’naviy tartibga solishning vaqtincha pasayib ketishidan yuzaga kelgan. Muallifning fikricha, anomiya mexanikdan organik birdamlikka o‘tish noto‘liqligining mahsuli hisoblanadi. Bu holda, organik birdamlikning ob’ektiv bazasi – ijtimoiy mehnat taqsimoti - jamiyat ongida ma’naviy tayanch topishdan ko‘ra tezroq taraqqiy etadi. Anomiyani doimiy takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari ijtimoiy ravishda yuzaga keladigan ko‘rinishlarning ikki qatori: ehtiyojlar va ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi tafovut hisoblanadi. Feodal negizga ega bo‘lgan ierarxik jamiyat bu jihatdan barqarorroq bo‘lgan, chunki turli ijtimoiy qatlamlarga turli maqsadlar qo‘ygan va har biriga tor tutash qatlam ichida o‘z hayotini ma’noli his qilish imkoniyatini bergan. Biroq ijtimoiy evolyusiya ikkilanma jarayonni yuzaga keltirdi: "individlashtirishni" ko‘paytirdi va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy nazorat kuchiga, eski davr uchun xos bo‘lgan mustahkam ma’naviy chegaralarga putur etkazdi. Shaxsning an’analar, jamoaviy urf-odatlar va xurofotlardan ozod bo‘lishi, shaxsan mashg‘ulot va harakatlar usulini tanlash imkoniyati keskin kengaymoqda. Lekin, bir vaqtda, sanoatlashgan jamiyatning nisbatan erkin me’yoriy tuzilmasi endi odamlarning hayotiy faoliyatini belgilamaydi. Hozirgi erkin bozor doirasi bilan tavsiflanuvchi jamiyatda anomiya "patologik" ko‘rinishdan deyarli axloq "me’yori" bo‘lib qoldi.

Dyurkgeymning fikricha, psixologik paradoks oshkor bo‘la-di: inson noaniqlik sharoitida, hamma uchun rasman bir xil bo‘lgan universal me’yorlarga ega bo‘lgan amaldagi ochiq tizimdagi-dan ko‘ra mashg‘ulotlar tanlovi kam bo‘lgan va ijtimoiy o‘sish imkoniyatlari cheklangan qattiq yopiq tizimda o‘zini ko‘proq himoyalangan va erkin his qiladi. Shunday bo‘lsada, anomiyalarni zaiflashtirish yo‘li – an’anaviy ijtimoiy institutlarning patriarxal-repressiv tartibini sun’iy qayta tiklashda emas, balki liberal "ma’naviy individualizm"ning, o‘rta asrlardagi odamovilikdan ozod bo‘lgan, lekin o‘z zimmasiga axloqiy nazorat va jamiyat a’zolarini davlat oldida himoya qilish vazifalarini bajarishga qodir bo‘lgan yangi malakali guruhlarning kelgusida rivojlanishidir.

Inson axloqining nazariyasi bilan bog‘liq anomiyaning dyurkgeymcha tushunchasi ikki jihatni o‘z ichiga oladi: biri harakatning ma’lum maqsadlar bilan ta’minlanishiga kirsa, boshqasi – ushbu maqsadlarni qay darajada amalga oshirish mumkinligiga kiradi (ular aniq, lekin ro‘yobga chiqarib bo‘lmay-digan bo‘lishi mumkin. Zamonaviy sosiologiyada anomiya tushuncha-sini nazariy ravishda qo‘llashning ikki turli chizig‘i shundandir.

Muammoning birinchi jihati, sub’ekt o‘z axloqi va harakatlarini jamiyatning ma’naviy va axloqiy talablari bilan qay darajada moslashtirishini ko‘rib chiqadi. Shu bois sub’ekt axloqining bu ko‘rinishini "me’yorsizlik" deb qabul qilinadi va uni izohlashda "begonalashtirish", "ijtimoiy dezintegrasiya", "sust darajada ijtimoiylashtirish " kabi iboralardan foyda-lanadilar.

"Madaniyatdagi me’yor ziddiyatlari" shaklidagi ikkinchi jihatni amerikalik olim Merton ishlab chiqqan. Mertonning fikricha, anomiya – jamiyat qimmatli-me’yoriy tizimining turli elementlari o‘rtasidagi madaniy ravishda belgilangan umumiy maqsadlar, masalan, pul va boyliklar hamda ularga erishishning qonuniy, institusional vositalari o‘rtasidagi kelishmovchilik, ziddiyatlarning natijasidir. Anomiya – odamlar jamiyat a’zolari tomonidan zimmalariga yuklatilgan maqsadlarga o‘rnatilgan «me’yoriy» vositalar orqali erisha olmaganda yuzaga keladi. Unda, hatto jamiyatda umumiy maqsadlar mavjud bo‘lganda ham, ushbu maqsadlarga erishishning ijtimoiy maqullangan vositalariga hamma ham eta olmaydi. Ayrim odamlar, yoki hatto ijtimoiy guruhlar uchun ular umuman erishib bo‘lmaydigan vositalardir. Natijada odamlar anomiya holatida turli individual usullar bilan: konformizm bilan, yoxud maqsadlar yoki vositalarni, ba’zan unisini ham, bunisini ham birga rad etadigan deviant axloq bilan moslashadilar.

Boshqa yo‘nalish A. Joli, A. Prins, F. Listning tadqiqotlari bilan bog‘liq. Mualliflar, qator mamlakatlardagi jinoiy buzilishlarning statistik tahliliga tayangan holda shunday xulosaga keldilar, ya’ni har qanday ijtimoiy tuzum uning tashkillashtirilishidan vujudga keladigan jinoyatlarning ma’lum miqdori va tartibidan kelib chiqadi.

Masalan, List antropologik omillar ijtimoiy omillarning hosilasi ekanligini ko‘rsatadi: ijtimoiy muhit avval jinoyatchining ota-onasiga, so‘ngra uning rivojlanishiga va u tomonidan jinoyat sodir etilishi jarayonida uning o‘ziga ta’sir ko‘rsatadi. Listning hisoblashicha, shaxs va ijtimoiy guruh o‘rtasidagi aloqalarning sustlashuvi kriminogen rol o‘ynaydi. Uning rahbarligi ostida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, asosiy "jinoiy" deb ataluvchi tumanlar - ijtimoiy buzg‘unchi tumanlardir. Delinkvent axloqning eng murakkab muammolari, muallifning fikriga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda odamlar, shu jumladan jinoyatchilar ham osongina yo‘qolishi mumkin bo‘lgan katta shaharlar bilan bog‘liq. Bu muammolar shaharlarning ko‘payishi, aholining ko‘chishi, shaharlar o‘rtasi-dagi tafovutlar natijasida uzluksiz ravishda keskinlashadi. Zamonaviy turmushda bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy hayot an’analari, deb ta’kidlaydi muallif, shiddatli ijtimoiy o‘zgarishlar va migrasion jarayonlar bilan sodir bo‘ladigan rejasiz yashirin urbanizasiya, shaharlar va shahar oldi tumanlarida aholining zichlashuviga olib keladi, delinkvent ko‘rinishlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Qayd etib o‘tilgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar baxtli hayot ilinjida shaharga kelgan qishloqliklarda oilaviy munosabatlar zaiflashadi, nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilishning an’anaviy shakllari yo‘qoladi. Odamlar o‘zlari uchun g‘aroyib madaniyat ko‘rinishlari, shaharlik aholiga xos bo‘lgan begonalashish, hayot va turmushning besaranjomligi bilan to‘qnash keladi. Yirik shahar aglomerasiyalari uchun xos mavjudlikning anonimligini ta’minlash imkoniyatini beruvchi sharoitlarda delikventlik keng tarqaladi.

Bu sababli, o‘z navbatida, qo‘rquv, yakkalanishning paydo bo‘lishi, xavfsizlik tuyg‘usining yo‘qolishiga, viktimizasiyaga va delinkvent axloqning keng tarqalishiga olib keladi. Zero marginal shaxs yuqori darajadagi ijtimoiy zo‘riqishni boshidan kechiradi va atrofdagi ijtimoiy muhit bilan osongina ziddiyatga boradi.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə