21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə14/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
21-маъруза матни

4. Ijtimoiy-psixologik yondashuv.

Delikvent muhitni xarakterlovchi mazkur yondashuvning muhim tushunchasi jinoiy kriminal submadaniyat ta’rifi hisoblanadi.

Jinoiy submadaniyat - jamiyatning cheklangan qismiga, jinoiy yo‘nalishdagi fuqarolarga nisbatan bo‘lgan ma’naviy hayotdir. Jinoiy submadaniyat huquqbuzarlarni birlashtiradi, ularning axloqini tartibga soluvchi sifatida chiqadi. Lekin uning asosiy xavfi shundaki, u jamiyat ongini buzib ko‘rsatadi, jinoiy tajribani boshqa shaklga aylantiradi, aholining odamo-xunligini zaiflashtiradi, yoshlarni ijtimoiylashtirish jarayonini susaytiradi, ma’lum huquqiy me’yorlarni buzishning (masalan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash) maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantiradi, ayrim toifa-dagi jinoyatchilarning ijobiy qiyofasini yaratadi, aksincha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam beruvchi fuqarolar-ni qoralaydi. Boshqacha aytganda, bu jihatdan jinoiy submadaniyat umumiylikni, avvalambor, yoshlar muhitini kriminallashtirishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Submadaniyat-ning markaziy elementi kriminal psixologiya, ya’ni jinoiy hayot tarzi va huquqbuzarlik sodir etilishini oqlovch va rag‘batlantiruvchi odamlar ongida yozilmagan ijtimoiy qadriyat-lar va tasavvurlar tizimi hisoblanadi.

Submadaniyatning boshqa eng muhim elementi – bu axloqning kriminal me’yorlari (qoidalari)dir, ular jinoiy hamjamiyat-ning, uning a’zolarining ijtimoiy maqomi va huquqlari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va axloq tuzatish muassasalari ma’muriyatiga munosabati; ozodlikdan mahrum etish joylaridagi va turmushdagi xulqi; mehnatga munosabati; shaxsla-raro ziddiyatlarni hal qilish tartibi; jinoiy hamjamiyatga yangi a’zolarni qabul qilish ("propiska"qilish) marosimlari; «yig‘i-lish»lar qilish tartibi va «qonundagi o‘g‘rilar»ga toj kiydirish va hokazolardan iborat butun hayot faoliyati doirasini boshqaradi.

Stratifikasiya, ya’ni odamlarni jinoiy muhitdagi real hokimiyatga nisbatan ularning obro‘-e’tiboridan kelib chiqqan holda shartli ierarxik guruhlarga ajratish jinoiy submadaniyat-ning o‘ziga xos elementidir. Jinoiy submadaniyatning boshqa bir o‘ziga xos elementi sifatida jinoiy muloqot, xususan, jargon (jinoiy til), laqablar, tatuirovkalar kabi vositalarni keltirish mumkin.

Rus psixologi V.L.Vasilev jinoyatchilarning turli toifalarini tadqiq qilib, yaqin muhitning salbiy ta’siri, ularni ijtimoiylashtirish darajasining pastligi va egosentrizmni ta’kidlab o‘tadi. Masalan, 85 % ga yaqin shaxsga qarshi jinoyatlar, jabrlanuvchilar bilan ish bo‘yicha, qarindoshlik, shaxsiy va boshqa yaqin aloqalar bilan bog‘liq shaxslar tomonidan sodir etiladi, ya’ni jinoyat munosabatlar keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan ziddiyatning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Muallif og‘uvchi axloqni va delikventlarni o‘rganish uchun mazkur shaxs a’zosi bo‘lgan ijtimoiy guruhlar bilan chuqur tanishuvni qo‘llash zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, delinkventning eng yaqin muhitida qo‘llanilayotgan o‘zaro munosabatlar tuzilmasini o‘rganish, u a’zosi bo‘lgan ijtimoiy guruhning ruhiyatini bilish shaxs va jamiyatning, individual va jinoyatga moyil ong o‘rtasidagi aloqalarni ochish uchun zarurdir.

Boshqa psixolog S.V.Kudryavsev – delinkvent axloqning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tahlil qiladi. U mazkur omillarga ijtimoiy kayfiyat, axloq me’yorlari va stereotiplari, guruhiy bosim va guruhiy birdamlik mexanizmlarini, shuningdek, shaxslararo o‘zaro munosabatlar mexanizmini, shaxsda psixologik jarayonlarning shakllanishi, guruhiy va ijtimoiy maqomni qo‘lga kiritishni yoki mahalliy an’analar va udumlarni kiritadi. Mutaxassislarning vazifasi, S.V. Kudryavsevning fikrcha, ijtimoiy-psixologik jarayonlar-ning sifatli o‘zgarishlarini ochib berish va ular qanday modifikasiyalarda jinoiy axloqni paydo qiluvchi omillar bo‘lib qolishini ko‘rsatishdan iboratdir. Buning uchun bu ko‘rinishlarni darajasi bo‘yicha ommaviy, guruhiy va individual (yakka tartibda) tizimlashtirish zarur. Bundan tashqari, u qayd etilgan jarayonlarni barqaror yoki ijtimoiy shart-sharoitlar o‘zgarishiga qarab kam o‘zgaradigan va kishining labil xususiyati bevosita bu sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga ajratishni taklif etadi. Bunday holda, shakllanishda va bevosita delikvent shaxslarni hosil qilishda nafaqat turli darajaga, balki turli dinamik xarakteristikalar va tashqi muhit shart-sharoitlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan ijtimoiy-psixologik omillar ishtirok etadi. Vaziyatli yo‘l-yo‘riqlar, sekin-asta shaxs va guruh tuzilmalarida, omma ongida mustahkamlanib borib, uzoq muddatli hosilalar xususiyatlarini o‘zida kasb etadi, ya’ni labil jarayonlar barqaror jarayonga aylanadi.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə