21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə15/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
21-маъруза матни

5. Shaxsiyatli yondashuv.

Har qanday tashqi holat, agar u irodaviy axloqiy layoqatga ega bo‘lgan kishining o‘z xohish-irodasi bo‘lmasa, uning g‘ayriqonuniy harakatlarining bevosita sababchisi bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi ta’limot mazkur yondashuvning metodologik asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur yondashuv asosida jinoyatchi shaxsning "jinoyat sodir etgan kishiga xos bo‘lgan, boshqa omillar bilan birgalikda ijtimoiy xavfli axloqqa sababchi bo‘luvchi psixologik sifatlarning yig‘indisi" kabi xususiyatlarini tadqiq qilish yotadi. Jinoyat sodir etishning asosiy psixologik jihati sifatida mualliflar, birinchi navbatda, jinoyatchi shaxsning huquqini tanish tuzilma-sidagi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadilar.

Huquqini tanish "inson axloqini yuridik ahamiyatga molik vaziyatlarda tartibga soluvchi yuridik bilimlar shaklidagi huquqiy borliq, huquq va uni qo‘llash amaliyotidagi baholovchi munosabatlar, huquqiy yo‘l-yo‘riqlar va muloqotlarda aks etuvchi ijtimoiy, guruhiy va individual ong doirasi sifatida tushuniladi. Jinoyatchida huquqini tanish tuzilmasidagi o‘zgarishlar hayotni fatalistlarcha va salbiy baholash, o‘zini boshqarish ehtiyojining pasayishi, iste’molchilik va tayyorga ayyorlik nuqtai nazariga moslashish, shaxslararo munosabatlarni buzish, hayot, sog‘lik, jinsiy daxlsizlik va inson qadr-qimmati kabi qadriyatlarni o‘zlashtirmaslik ko‘rinishidagi xulqiy-psixologik axloq boshqaruvchilarini buzib ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi.

A.R. Ratinov va G.X. Efremova tomonidan o‘tkazilgan tadqi-qotlar shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilarning huquqiy qadriyatlar-ga munosabati ularning shaxsiy g‘ayriqonuniy axloqiga bergan bahosidan jiddiy farq qiladi. Jinoyatchi uchun umum e’tirof etilgan axloq me’yorlarini rad etish, ularga bo‘lib berilayotgan qimmatli yo‘riqlarning salbiy xarakteri o‘ziga xos shaxsiy xususiyat bo‘lib qoladi. Bunday odam o‘zining umidlari, istaklari va amaldagi ijtimoiy me’yorlari o‘rtasidagi uzilishni his qiladi, yakka qolish, boshqalarning ishiga aloqador bo‘lmaslik tuyg‘usini boshdan kechiradi. Bu esa axloqni tartibga soluvchi me’yorlarni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi. O‘z nuqtai nazarini oqlash maqsadida jinoyatga moyil shaxs psixologik himoyani qo‘llaydi, unda mas’uliyatning asosiy qismi boshqa shaxslarning zimmasiga yoki tashqi holatlarga yuklanadi.



Eng ko‘p tarqalgan delikvent shaxsning psixologik jihatdan o‘zini o‘zi himoya qilish usullari orasida tadqiqotchilar quyidagilarni belgilaydilar:

  • o‘zini go‘yoki g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga sababchi sifatida majbur qilish, tobelik, munofiqlik, aldov va o‘z xatolari hamda gumrohligining qurboni deb faraz qilish;

  • jinoiy vaziyat yuz berganligi uchun uni sub’ektning shaxsiy faolligi natijasi emas, balki mash’um voqealarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi degan vaj bilan javobgarlikni istisno qilish;

  • jinoiy vaziyat haqidagi tasavvurlarning buzib ko‘rsatili-shi, xususan bir elementning ahamiyatini bo‘rttirish va boshqa-larini kamaytirish, go‘yo tegishli me’yor va sanksiyalar qo‘llashni istisno qiladi, alohida holatlarning joyi, vaqti va ishtirok etayotgan shaxslarning roli bo‘yicha siljishi sodir bo‘ladi;

  • buzilgan taqiqlarning rasmiyligiga, bunday harakatlarning odatiyligiga ishontirish, shu sababli, ularga yo‘l qo‘yilishi mumkin deb baholanadi;

  • huquqiy qadriyatlarning devalvasiyasi, qurbonining qadrsizlanishini va bu bilan zararli oqibatlar va qilmishning ijtimoiy xavfini tan olmaslik;

  • jinoyat sodir qilishda o‘z rolini kamaytirish va bo‘rttirish, o‘z axloqini ulug‘vor dunyoda boshqa odamlarga yordam, adolatni himoya qilish va hokazolar ko‘rinishida tasavvur qilish;

  • axloqning asl xohishlari va qadriyatlarini almashtirish hamda yaxshilash, buning natijasida qilmish kechirimli va hatto qonuniy bo‘lib ko‘rinadi;

  • refleksiv qobiliyatlarning, oldindan ko‘ra bilish va o‘zini nazorat qilish imkoniyatining pasayishi, bu bilan shaxsning «ozod bo‘lishi»ga, me’yoriy cheklashlardan ichki ozod bo‘lishga erishiladi;

  • o‘zining harakatlari uchun muhit, jamiyat mas’ul, nomaqbul hayot sharoitlarini esa aybdor bo‘lgan tashqi ta’sirlarning passiv ob’ekti sifatida ko‘rish, bu esa go‘yo noqonuniy harakatlar tarzini namoyon etadi;

    • shaxsiy sifatlar qiymatining gipertrofiyasi, sub’ektning me’yoriy doira va odatiy yurisdiksiyadan tashqari qo‘yishi va o‘zini yagona deb his qilishi.

Psixologik o‘zini himoya qilishning mazmuni va shakllari shaxsning rivojlanishi, uning axloqiy va huquqiy yo‘nalishlari-ning umumiy darajasiga ko‘ra jiddiy farq qilishi mumkin. Bu jinoyatchi tomonidan borliqni idrok qilishning proektiv buzib ko‘rsatilishiga va unda biri boshqa shaxslarning axloqini baholashga, ikkinchisi esa shaxsiy axloqini ba holashga mo‘ljal-langan ikki baholash tizimining shakllanishiga olib keladi. Proektiv buzib ko‘rsatish oqibatida delikvent shaxsning huquqiy jihatdan o‘ziga baho berishi jiddiy farq qiladi, unga nisbatan past va hatto qarama-qarshi bo‘ladi. U ruhiy o‘zini himoya qilish va javobgarlikdan ichki ozod bo‘lish mexanizmiga asoslangan bo‘lib, shu sababli huquqbuzarning ijtimoiy-huquqiy nazoratdan begonalashishi, ushbu nazoratning zaiflashishi va sodir etilgan qilmishlarda o‘zini oqlashi sodir bo‘ladi.

Masalan, g‘arazgo‘y jinoyatchilar aksariyat hollarda (63 %) jinoyat sodir etilishi holatini hech qanday axloqiy baholashsiz va tushuntirishlarsiz rasmiy konstatasiya (qayd etish) qilish bilan cheklanadilar, tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilar taktikasi esa umuman boshqacha. Ular birinchi navbatda, ro‘y bergan hodisada jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslarni ayblaydilar (87 %) qotillar va bezorilar (52 %) haqida ham shunday deyish mumkin. Ular o‘z aybini rad etishning iloji bo‘lmagan hollarda aybni «taq-dir»ga, ota-onalar va pedagoglarning xatolariga to‘nkaydilar. O‘zini himoya qilishning ruhiy mexanizmlari haqida so‘z yurita turib, biz o‘zini va o‘z harakatlarini reabilitasiya qilish usullarini ongli ravishda qidirib topishni emas, balki borliqning buzib ko‘rsatilgan qiyofasini shakllantiruvchi ongsiz yoki to‘liq anglab olinmaydigan an’analarni nazarda tutamiz. Ko‘proq jinoyatchilar tomonidan qo‘llaniladigan asosiy himoya mexanizmlarini maxsus tadqiq qilish E.S. Romanova va L.R. Grebennikov tomonidan amalga oshirilgan9.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilar ko‘proq proek-siya, rad etish, bostirish, o‘rnini bosish kabi qoloq bo‘lgan himoya mexanizmlarini qo‘llaydilar. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, qoloq himoya mexanizmlarini qo‘llash tadqiq qilinayotganlarda juda past darajadagi anglash layoqati mavjudligini va aksincha, voqelikning ma’lum jihatlarini tushunishdagi buzib ko‘rsatish-ning favqulodda katta darajasi borligini bildiradi. Chunki himoya mexanizmlarini qo‘llash voqelik qiyofasi va sub’ektning kognitiv hamda his-hayajonli tarkibiy qismlarini buzib ko‘rsatishning individual usuli hisoblanadi, bu delikvent shaxsning axloqida o‘z aksini topadi. Bu uning himoyaviy-tajovuzkorona, deviant, tobe yoki patologik xarakteridan darak beradi. Ushbu voqelik ziddiyatga, jamiyat tomonidan ma’qullan-masligiga va turli shakldagi ta’sirlarga olib keladi. Natijada voqelik shaxs uchun yanada noma’qul bo‘lishi mumkin, bu esa ichki ziddiyat bilan tahdid qiladi va himoya vazifasining patolo-giyasiga olib keladi. Bu jinoyatchilar tomonidan qo‘llaniluvchi himoya mexanizmlarining xususiyatlari mohiyatiga ko‘ra, taxmin qilingan og‘uvchi axloqning mazkur turi xos bo‘lgan shaxslarning psixologik va xulqiy tavsifiga mos keladi.

Shaxsiy yondashuv doirasidagi tahlilning boshqa yo‘nalishi huquqbuzarlik sodir etilishiga yordam beruvchi individual-psixologik sifatlarni ajratish hisoblanadi. Tadqiqotchilar-ning ta’kidlashicha, jinoyatchilar qonunga rioya qiluvchi fuqaro-lardan his-hayajonli-irodali muhitining muayyan darajada buzilganligi va shaxsning axloqiy-psixologik og‘ishlari (defor-masiyalari) bilan ajralib turadilar. E.V. Petuxovning fikricha, «aksariyat jinoyatchilarning noqonuniy qilmishlariga ularning yuqori qo‘zg‘aluvchanligi va ta’sirlanuvchanligi» sustlashgan axloqning o‘zini nazorat qilishi va xulqning o‘zgarmasligi yordam beradi. Ularning axloqiy-psixologik yo‘nalishi o‘ch olish va sudsiz jazolashga tayanish, atrofdagilarni o‘ziga bo‘ysundirib, ulardan jismoniy jihatdan ustun ekanligidan foydalanish va shu kabilarga go‘yo ma’naviy huquqi bo‘lgandek nohaq ranji-tilganlarning tuyg‘usini jo‘nbushga keltirib atrofdagi olamning dushmanligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishga qara-tiladi.

Shaxsiy yondashuv doirasida jinoyatchi shaxsni tadqiq qilishning ideografik usulini ajratish mumkin. Mazkur usul negizida oldin ushbu shaxs bo‘yicha to‘plangan barcha materiallar bilan batafsil tanishib chiqqan holda suhbat o‘tkazish va proektiv testdan o‘tkazish kabi psixologik usullar yordamida jinoiy axloq sabablarini chuqur o‘rganish yotadi. Bunday o‘rganish, mualliflarning fikricha, dunyoni o‘zlashtirishning xususiyatlari, ehtiyojlari va manfaatlari, tuyg‘uli-hissiyotli doira haqida, asosiy motivasion an’analar, ongsiz yoki qisman anglanadigan xarakter xislatlari, qimmatli yo‘nalishlar va yo‘l-yo‘riqlar, shaxsning yo‘nalishi, uning turi to‘g‘risidagi tasavvurlarni olish imkonini beradi. Bu usul tarafdorlari "bunday yondashuv kishining hayot yo‘lini kuzatish va tushunish, uning hayotiy tajribasini baholash, ijtimoiy roli va maqomini, tarbiyasi va shaxsining shakllanishi shart-sharoitlarini, boshqa odamlar bilan muloqot qilish va o‘zaro munosabatning o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi" deb hisoblaydilar. Aniq bir odam to‘g‘risidagi chuqur psixologik bilimlar, olimlarning fikriga ko‘ra, sosiologik so‘rovning an’anaviy usullari bilan olinishi mumkin emas. Tadqiqotchi uchun so‘ralayotgan shaxs ni o‘rganishga ishonch hosil qilish uchun o‘zini uning o‘rniga qo‘yish, uni va u yashab o‘tgan hayotni tushunish maqsadida uning obrazi ichiga kirish mahoratini talab qiladi. Mualliflar "jinoyatchida tergov yoki sud materiallaridagi uning mavjud rangpar va siyqalashgan aksini emas, balki «jonli», o‘ylayotgan, his qilayotgan, jon kuydirayotgan shaxsni ko‘rishga" e’tibor berishga undaydilar.

Jinoyatchi hayotini tarixiy tahlil qilishning boshlang‘ich ob’ekti sifatida E.G.Samovichev uning oilasi tuzilmasini va sub’ektning otasi va onasi bilan munosabatining xususiyatlari-ni tanlashni taklif etadi. Bola shaxsiyatining shakllanishida bu shaxslarning ahamiyati qator empirik tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi. Masalan, L.A.Voloshina keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilarning oilasida bolalar g‘arazgo‘y jinoyatchilarning oilalaridan ko‘ra o‘zlariga nisbatan 7 marta ko‘p befarqlikni his qilganlar, ular bilan mashaqqat chekishayotganini tushunishgan, ularni deyarli ikki marta ko‘p ortiqcha nazorat qilishgan, ularni o‘z istaklariga bo‘ysunishga majbur qilishgan va jazolashgan. Har beshinchi tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchi (21,6 %) onasiga befarq yoxud unga salbiy munosabatda bo‘lgan. Aksariyat tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilar ota-onalari ularni bolaligida jismoniy jazoga tortganlar, bunda 40% dan ko‘prog‘i ularni ba’zi- ba’zan yoki doimiy ravishda kaltaklashganini, 20 % ga yaqini esa - qattiq kaltaklashganini tan oladi.




Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə