21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə9/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
21-маъруза матни

Sikloidli mizoj – quvnoqlik va g‘amginlik qutblari orasida turadi. Uning mumkin bo‘lgan xarakteristikasi: kiri-shimli, ko‘ngilchan, muloyim, samimiy, aqli o‘tkir, chaqqon, qaynoq, yuvosh, bosiq, yumshoq.

Masalan, quvnoq mizojli shaxs – sangvinik, faqat quvnoq bo‘ladi va o‘z tabiatida diametral qarama-qarshi holatlarni, xususan tushkunlik va qayg‘ulik holatlarini saqlamaydi. Boshqacha aytganda, mazkur tipologiyada inson shaxsiyatining jadalligida yashirinib yotgan qarama-qarshiliklar ko‘rib chiqilmaydi. Shu bilan birga, bu qarama-qarshiliklar ba’zan shunday kuchga erishadiki, ular atrofdagilar uchun umuman kutilmagan va tushunarsiz shaklda, masalan, doimo o‘ta quvnoq deb hisoblangan kishining o‘zini o‘zi birdaniga o‘ldirishi yoki oilaning durustgi-na otasi kutilmaganda qotillik sodir qilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va Krechmer jinoiy axloqning xususiyatlari to‘g‘risida aynan konstitusiyaviy tafovutlar oqibati bo‘lgan psixologik xususiyatlardan kelib chiqadi deb xulosa qiladi. Demak, uning fikricha, sirkulyar doiradagi shaxs turlari - sikloidlarda - asosial xislatlar ancha kam uchraydi. Garchi bunday tuzilishdagi odamlarga, deb hisoblaydi Krechmer, qo‘pollik va shafqatsizlik, jasurona va o‘ylamay qilingan ishlar, alohida hollarda esa ichkilikbozlikka moyillik, isrofgarchilik, shahvoniy buzuqlik xos bo‘lsa-da, bari bir ularning jinoyatlari asosan agressiv holatdagi yoki ehtiyotsiz harakatlar sababli odam o‘ldirish bilan chegaralanadi.

Aksincha, haddan ziyod ta’sirchanligi va sovuqqonligi bilan ajralib turuvchi shizoid odamlar, bag‘ritoshlikka moyildirlar. Tashqi dunyo bilan aloqaning yo‘qligi «shisha to‘siq» yaratishga olib keladi. Shunday ekan, ularda ba’zan: "Men" va tashqi dunyo, degan keskin antiteza (qiyoslash) rivojlanadi, doimiy ravishda: "Men qanday harakat qilyapman? Kim menga adolatsizlik qilyapti? Men kimga yon bosdim? Men endi qanday kun kechiraman?" deb o‘zini o‘zi tahlil qilish va taqqoslash sodir bo‘ladi. Agar anestetik qutblilarda hissiy omilik, sovuqqonlik va befarqlik uchrasa, giperestetik qutbli odamlarda jizzakilik, hissiyotga beriluvchanlik, qiziqqonlik kabi xislatlar ajralib turadi. Bu xislatlarning yanada rivojlanishi qo‘pollik, qaysarlik, badqovoq shafqatsizlikka olib kelishi mumkin. Bunday tahlil Krechmerga shizoidlar negizida darg‘azab omilar yoki darg‘azab shafqatsizlar turini ajratish mumkin, deb xulosaga kelish imkonini berdi. Biron-bir kompleksga engilgina tegib ketganda omilikning qobig‘ini yorib o‘tib, birdaniga qattiq g‘azab qo‘zg‘alishiga olib keluvchi ichki jizzakilik uchquni ularni ajratib turuvchi xususiyati hisoblanadi. Shizofrenik g‘azabning bu shakli o‘zining yashirin affektiv turg‘unligi va bema’ni ravishda yumshashining psixologik mexanizmiga ko‘ra miyaning shikastlanishi va tutqanoqning ma’lum alomatlari bilan ba’zi o‘xshashliklarga ega. Darg‘azab-omi shizoidlar uyda o‘ta shafqatsiz, xavfli va zolim bo‘lishlari mumkin. Ular atrofdagilarga berahm, hissiz munosabatda bo‘ladilar va o‘zlarini pedantik mayllariga ko‘ra boshqaradilar. Krechmerning fikricha, sadistlarcha tarkibiy qismlar bilan uyg‘unlashgan nobop shaxs tuzilishi xususiyatlarida aynan shizoidli hissiy sovuqlik tajovuzkor-zo‘ravonona jinoiy harakatlarning o‘ta shafqatsizlik bilan namoyon bo‘lishiga olib keladi.

Krechmer konsepsiyasi, soddaligiga qaramay, o‘zining maqsad-liligi va dialektikligi bilan hayron qoldiradi. Irsiy-konstitusiyaviy belgilarga asoslangan holda va psixologik xususiyatlarining namoyon bo‘lish doirasiga shizofreniya va maniakal-depressiv psixoz kabi ma’lum ruhiy kasalliklarni kiritgan holda, u shaxsning tipologiyasini tuzishga asos bo‘lib xizmat qilgan ruhiyat individualligining mexanizmini ushlab qola oldi. Bunday yondashuv tufayli ruhiy-diagnostika jinoyatchi shaxsning juda kam vaqtini oladi va ko‘p jihatdan faqat uning axloqini tashqaridan baholashga bog‘liq bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida, shaxsning konstitusiyaviy xislatlarini mutlaqlashtirish va shaxs rivojlanishining ijtimoiy shart-sharoitlarini mensi-maslik, uning ruhiy hayotining xususiyatlarini tushuntirishda psixologik determinantning yo‘qligi, shuningdek o‘z klassifika-siyasida faqat ikkitagina turni - shizoid va sikloidni ajratish Krechmer nazariyasining cheklanganligi hisoblanadi, bu esa uning konsepsiyasini jiddiy ravishda qashshoqlashtiradi.

Delinkvent axloqni ta’riflashda Krechmer yondashuvlarining bevosita vorisi Sheldon bo‘ldi. U bir nechta ishlarida shaxsning jismoniy konstitusiyasi, xossalari va jinoiy axloqi o‘rtasida aloqa o‘rnatdi. O‘zining empirik tadqiqotlari asosida Sheldon jismoniy konstitusiyaning Krechmerning turlari bilan taqqoslanadigan endomorfli, mezomorfli va ektomorfli uch turini ajratadi.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə