3-amaliy mashg’ulot: Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni



Yüklə 263,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.04.2023
ölçüsü263,79 Kb.
#104432
  1   2   3
3 - амалийй



3-amaliy mashg’ulot:
 
Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining 
tuzilishi va mazmuni
. (2 
soat)
 
Reja: 
1.
Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni. 
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Kasbiy kompetentlik.
2.
Kasbiy kompetentlik sifatlari (ijtimoiy kompetentlik, maxsus (psixologik, 
metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ) kompetentlik, 
shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal kompetentlik.
3.
Pedagog kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni. Pedagog 
psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion kompetentligi mazmun-
mohiyati. 
1.
 
Pedagogik kreativlikni rivojlantirishga 
doir topshiriqlarni bajarish. 
1.
 
Ob’ektni shakllantirishga oid topshiriq 
Kasbiy faoliyatingizga taalluqli, biroq, bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq 
bo‘lmagan ixtiyoriy 3-4 ta predmetni oling. Ular asosida imkon qadar ko‘proq 
“hodisa”lar haqida hikoya (xabar) qiling. Hikoya (xabar)ingiz imkon qadar 
badiiylik kasb etsin! 
Misol uchun: 
devor, velosiped, osmon. 
Hodisa: 
“Bola uy yo‘lagining devoriga suyab qo‘yilgan velosipedni yetaklab, 
deraza oldiga keldi va osmonga qaradi” (jumlada ifoa etilgan hodisa shunchaki 
xabar. Hodisaning mohiyati ijodiy xarakter kasb etishi uchun badiiy ibora va 
o‘xshatishlardan foydalanish zarur). 
2.
 
Ob’ektlarning umumiy belgilarini topishga oid topshiriq 
Kasbiy faoliyatingizga taalluqli, biroq, bir-biri bilan mutlaqo kam bog‘langan 
yoki mutlaqo bog‘lanmagan 2 ta ob’ektni oling. Quyidagi jadval asosida ularga 
taalluqli o‘zaro o‘xshash jihat (belgi)larni topishga harakat qiling. O‘xshash jihat 
(belgi)larni ot yordamida ifodalang. O‘zaro o‘xshash jihat (belgi)larning imkon 
qadar ko‘proq bo‘lishiga harakat qiling. 

Yüklə 263,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə