3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish metodlari guruhi



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü59,02 Kb.
#154664
1   2   3   4   5   6
AMALIY-3

Ekskursiya darsi. Ekskursiya o`quv-tarbiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o'qitish shakllaridan biridir. Ekskursiyalarning calendar rejasi o'quv yilining boshida bir yil uchun choraklar bo'yicha mahalliy sharoitni hisobga olgan holda tuziladi, har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi.
Ekskursiya vaqtida to'plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi, ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material bo'lib xizmat qiladi yoki ko'rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlar, har xil yasalgan narsalardan ham foydalaniladi.
Didaktik o'yinlar - ta'lim xarakteriga ega bo`lib, o'quvchilar bilimini mustahkamlash, aniqlashtirish, umumlashtirish va tizimga solishga yordam beradi, atrofdagi narsalarga hamda tabiat hodisalariga qiziqishni oshiradi. Umumlashtirish, taqqoslash, muhimini ajratish, bog'lanish va munosabatlar o'rnatish, xulosa chiqarishni talab etadigan o'yinlar eng samarali hisoblanadi. Ba'zi mashg'ulotlarni boshidan oxirigacha o'yin shaklida tashkil etish mumkin. Ayrim mashg'ulotlarda darsni mustahkamlashgako'proq e'tibor qaratiladi.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtiriladi. Shu sababli o'quvchilarning bilim olish faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didakdik o'yinli darslar deb ataladi. Didaktik o'yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo o'quvchilarning mazkur o'yinlarga puxta va qizg'in tayyorgarlik ko'rishlariga, o'qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog'liq.
O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

  1. Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi

  2. maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi;

  3. Muhim muammolarga bag'ishlanishi va ular o'yin davomida hal qilinishi;

  4. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob axloq normalariga mos kelishi;

  5. O'yin sturukturasi mantiqiy ketma ketlikda bo'lishi;

  6. Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilish va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak.

Quyida tabiatshunoslik darslarida qo'llash mumkin bo'lgan didaktik o'yinlardan namunalar keltiramiz:
Tabiat auksioni” o'yini
O'yinda barcha ishtirokchilar qatnashadilar. O'qituvchi bitta o'simlik anor nomini aytadi. Masalan: anjir, ajriq, arpabodiyon va kim ko'p o'simlik nomini aytsa u g'olib deb topilib sovg'a topshiriladi.
Tasvir bo'yicha o'simlik va hayvonni topish” o'yini
Sinf rahbari turli xil o'simlik va hayvon turlari tasvirlangan, lekin nomi yozilmagan rasm-suratlarni tayyorlaydi. Shartga ko'ra bolalar rasmga qarab o'simlik va hayvonlarni nomini aytadilar. Kim to'g'ri javob bersa unga shu o'simlik yoki hayvon rasmi beriladi. Kim ko'p rasm to'plasa, ug’olib hisoblanadi.
Diqqat qil” o`yini
O'yin ishtirokchilari davri-doir shaklida turadilar. Sinf rahbari o'simlik va hayvon nomini aytib ularni qayerlarda o'sishi va yashashini tushuntiradi. Masalan: qamish-ko'l bo'yida o'sadi, yoki qamish-tog' tepasida o'sadi; Sinf rahbarining gapi noto'g'ri boiishi mumkin. Shartga ko'ra o'yin ishtirokchiiari “ha” va “yo'q” javoblari orqali javob bersa o'yindan chetlashtiriladi, davraga qolganlar esa g'olib hisobianadi.

Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə