3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish metodlari guruhi



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə6/6
tarix23.12.2023
ölçüsü59,02 Kb.
#154664
1   2   3   4   5   6
AMALIY-3

Topishmoq ayt, topamiz.
O'yinning didaktik vazifasi - Buyumlarni ta'riflash, ta’rifi bo'yicha topish.
O 'yin harakatlari- O'simliklar haqida topishmoqlar aytish va ularga javob topish.
O'yinning sharti - O'simliklar quyidagi tartibda ta'riflanadi: dastlab shakli, keyin rangi, hidi haqida gapiriladi. Ta'riflashda buyumning nomini aytish mumkin emas.
O'yinning borishi - Sabzavot va mevalarni stolga shunday qo'yingki, ularning shakli va rangi bolalarga yaxshi ko'rinadigan bo'lsin,
Bu o'quvchi biror sabzavot yoki mevani ta'riflaydi, ikkinchisi ta'rifga asoslanib, uning nomini aytadi. Ta'riflayotgan o'quvchi hadeb o'sha meva yoki sabzavotga qarayvermasligi kerak. Aks holds ikkinchi o'quvchi uning nomini osongina topadi.


Aytilgan daraxt oldiga chopib boring


O`yinning didaktik vazifasi - Nomi aytilgan daraxtni darrov topishni o'rganish.
O'yin harahatlari - O'yin boshlovchining oldidan nomi aytilgan daraxt tomonga qochish.
O'yinning sharti - O'simliklarning nomi tez-tez o'zgartirib turiladi. Nomi aytilgan daraxt oldida uzoq to'xtab turish mumkin emas. Bir xil nomdagi daraxtlarning biri yonidan ikkinchisi yoniga chopib o'tish mumkin.
O`yinning borishi - O'qituvchi o'yinni boshlovchi bolaga faqat nomi aytilgan daraxt yonida turmagan bolalarni ushlash mumkinligini tushuntiradi.
Avval belgilari yaqqol ifodalangan, so'ngra esa tashqi ko'rinishidan, o'xshash bo'lgan daraxtlarning nomi, masalan, terak va chinor, qayrog'och va tut aytiladi. Bolalar qaysi daraxtning nomi aytilganligini diqqat bilan eshitishlari va “Bir, ikki, uch - yugur!” deb ruxsat berilgach, nomi aytilgan daraxt yoniga yugurib borishlari kerak.
Foydalaniladigan adabiyotlar

1.M.Nuritdinova.“Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi” Toshkent, O‘qituvchi 2005-yil.


2.A.Hamidov A.To‘xtayev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 1999 yil.
3.D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”Aloqachi” nashriyoti, 2008, 312 bet.
Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə