3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish metodlari guruhi



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü59,02 Kb.
#154664
1   2   3   4   5   6
AMALIY-3

Milliy qadriyatlar- xalq, millat va elatlarning o'z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o'zligini belgilaydigan o'ziga xos tamoyillari yig'indisidan iborat. Bu o'ziga xoslik moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari xalq amaliy san'ati, xalq o'yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari ham milliy qadriyatlarga kiradi.
Umuminsoniy qadriyatlar- butun insoniyat rivoji davomida insonlar tomonidan yaratilgan va bebaho mulki sanalgan, moddiy va ma'naviy boyliklar, madaniy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik va boshqa qarashlar yig'indisi sanaladi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zamida shakllanadi, ya'ni biror bir millatga mansub milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar davomida sayqal topib, takomillashib, boshqa millat va elatlar tomonidan e'tirof etilib, tan olinadi. Shu tariqa milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko'tariladi. Masalan, O'rta asrlardagi Sharq sivilizasiyasi o'zbek xalqi uchun milliy qadriyat sanalsa, jahon xalqlari uchun umuminsoniy qadriyat sanaladi.
Tabiatshunoslik darslarida o'quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda e'tiborni quyidagilarga qaratish:

  • insoniyatning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini o'rganish.

  • buyuk allomalarning insoniyat tarixi va sivilizasiyasida tutgan o'rnini yoritish;

  • umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlarning yaratilish tarixini o'rganish;

  • umumxalq bayramlarining tarixini o'rganish va o'tkazilishida milliy ruh kiritish;

  • tabiatshunoslik fanilarining rivojiga hissa qo'shgan buyuk olimlar hayotining ibratli tomonlarmi ko'rsatish zarur.

O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish samaradorligini oshirish uchun o'qituvchi milliy mafkuraning bosh va asosiy g'oyalarini chuqur anglashi, olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda mazkur g'oyalarga asoslanishi, o'quvchi-yoshlarni shu yuksak maqsadlarni amalga oshirishga safarbar etishi kerak.
O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini sindirishda tabiatshunoslik darslarida dars, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni samarali tashkil etish, mavzu mazmuniga bog'liq holda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta e'tiborberish lozim.

Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə