3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish metodlari guruhi



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü59,02 Kb.
#154664
1   2   3   4   5   6
AMALIY-3

Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o'quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari to'g'risida muayyan aniq bilimlar yig'indisini oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni qarab chiqadilar va taqqoslaydilar, ulardagi tarkibiy qismlarni, umumiy va tafovut qiladigan belgilarni ajratadilar. Predmetli darslami o'tishga o'qituvchi puxta tayyorlanishi lozim. Tarqatma materiallar o'quvchilar soniga to'g'ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig'ilgan tabiat obyektlaridan foydalanish mumkin. Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo'lishi mumkin:
- dars mavzusi va maqsadini bildirish; - ish rejasini doska va daftarlarga yozish; - tarqatma materialbilan mustaqil ishlash; - ish mazmuni bo'yicha suhbat; - daftarlarga yozuvlar qilish va rasmlar chizish; - biiimlarni mustahkamlash va baholash.
0'quv tajriba maydonchasidagi dars.O'quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o'rganishga, o'simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo'jaligi ish qurollari bilan ishlashga o'rgatish imkoniyatini beradi. Bu darslarning bosh didiaktik maqsadi mehnat sevarlikni tarbiyalash bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilish elementlari -tashkiliy qism, o'qituvchilarning yo'1-yo'riq berishi, o'quvchilarning mustaqil ishlashidir.
Maktab jo`g`rofiya maydonchasidagi dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko'p qismini maktaboldi maydonchasida jihozlangan jo`g`rofiya maydonchasida o'tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntirilishi va o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan murakkab mavzular o'rganiladi. Jo`g`rofiya maydonchasida ishni tashkil etish maktab oldi maydonchasidagidek bo'ladi.
Izohli o'qish darslari. Bu tipdagi darslar tabiat va odamning xo'jalik faoliyatini o'rganish bo'yicha o'quv jarayonini tashkil qilishda katta o'rinni egallaydi.
Bu darslik maqolalarini,ilmiy-ommabop yoki badiiy adabiyotni sharhlab o'qishdan iboratdir. Izohli o'qish oldidan o'quvchilarni matnni tushinib bo`lishlariga yordam beruvchi ekskursiyalar, dastlabki kuzatishlar o'tkazilishi kerak. O'qish ko'rgazmali qurollar namoyish qilish bilan birga boradi.

Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə