3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish metodlari guruhi


Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü59,02 Kb.
#154664
1   2   3   4   5   6
AMALIY-3

Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars-tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipi. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi o'tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligidagi ishlarni) tekshirish, yangi bilimlarni o'rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o'tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o'qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko'rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko'rish, maqolalar o'qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo'llaniladi.
Yangi materialni o'rganish darsi. Darsning bu turi toza ko'rinishda uchramaydi. Biroq o'quv materialining o'ziga xosligi va o'quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o'rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o'tkazilishi mumkin. Bu ishga darsda vaqtning ko'p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo'ysunadi.
Bunday dars tuzilishi quyidagicha bo'ladi:
- yangi bilimlarni ongli o'zlashtirilishi uchun zarur bo'lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash;
- dars mavzusi va maqsadini bildirish;
- yangi materialni o'rganish (kirish suhbati, amaliyish, o'qituvchi hikoyasi);
- amaliyishmazmunibo'yichasuhbat;
-o'quvchilarningmustaqilishlashi;
- o'quvchilarning o'rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish;
- dars yakunini chiqarish;
- uyga vazifa berish.
Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o'quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikni boshqa o’quv fanlari bilan aloqasini, shuningdek, tabiat jismlari hamda hodisalarining o'zaro bog'lanishini ochib beruvchi ishlar bajarishlari markaziy o'rinni egallaydi.
Bu darslarning tuzilishi quyidagicha bo'ladi:
- oldinda turgan ishlarning maqsadini taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko'nikmalarni esga olish (tiklash);
- o'quvchilarning topshirilgan ishlarni bajarishlari;
- o'qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi;
- uyga vazifa berish.

Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə