3 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 139,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix30.12.2023
ölçüsü139,4 Kb.
#166428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ishlab-chiqarishni-modernizatsiyalashtirish-sanoat-korxonalari-samaradorligini-oshirish-omili

SJIF 
2022:5.962
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
88
Ushbu yo'nalishdagi ishlarning muhim jihati korxonalarda innovatsion ishlab chiqarish 
madaniyatini shakllantirish hisoblanadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish madaniyati 
korxonaning strategik resursi sifatida qaraladi va bu ko'p jihatdan korxonaning 
raqobatdosh afzalliklarini belgilaydi. Ishlab chiqarish madaniyati korxonani tashqi muhit 
talablariga va xodimlar guruhlari hamda korxonaning alohida xodimlari o'rtasidagi 
munosabatlarni shakllantirish shartlariga moslashtirish usullari, qoidalarining yig'indisini 
aks ettiradi. Ishlab chiqarish madaniyati korxona hayotining siyosati va mafkurasini, 
ustuvorliklar tizimini, qadriyatlar va xatti-harakatlar me'yorlarini rag'batlantirish 
mezonlarini jamlaydi. 
Ishlab chiqarish madaniyatining umumiy maqsadi - korxonada sog'lom psixologik 
muhitni yaratish, o'z xodimlarini ma'lum axloqiy, madaniy qadriyatlarga ega bo'lgan, 
maqsadlari va taqdirlarining o'zaro bog'liqligini biladigan yagona jamoaga 
birlashtirishdir. Innovatsion ishlab chiqarish madaniyatining asosiy vazifasi korxona 
imkoniyatlarini ishga solish asosida korxonaning uzluksiz innovatsion rivojlanishi uchun 
shart-sharoitlar yaratishdan iborat;
Ko‘plab davlatlarning mulkni isloh qilish tajribasi ko'rsatganidek, mulk egasining 
o'zgarishi xodimning o'z mehnati natijalariga zarur qiziqishini yaratish muammosini hal 
qilmaydi.
Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda raxbarlarni va malakali ishchilarning 
unumli mehnatini to’liq e’tiborga oluvchi rag’batlantirish tizimini yaratishni 
ta’minlovchiuvchi iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish ob’ektiv zaruriyat sifatida 
maydonga chiqmoqda Ushbu vazifanii hal qilish uchun mehnatni iqtisodiy 
rag'batlantirishning oqilona tizimini yaratish imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy muammolarini hal qilishga asosli 
yondashuv muhim ahamiyatga ega. Ishchi xodimlarning ma’rifiy va madaniy 
saviyasining o‘sishi, aholi turmush darajasining yuksalib borayotganligi, jamiyat hayotini 
demokratlashtirilishi insonning ishlab chiqarishdagi rolini oshiradi, bu esa o’z navbatida 
korxona raxbarlari va olimlarni ish bilan band bo’lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb 
qilish va ish samaradorligi, unumdorligi, sifatini oshirish uchun inson imkoniyatlaridan 
maksimal darajada foydalanish yo’lida boshqaruv va tashkil etishdagi o‘zgarishlar ustida 
fikr yuritishga undaydi.
Inson omilini faollashtirish muammolarini hal qilishda ishlab chiqarishni tashkil 
etish muhim o'rin tutadi. Aynan ishlab chiqarishni tashkil etish ishchining mehnat 
jarayonida uning dunyo miqyosida rivojlanishiga, mehnatda tashabbuskorlik va 
ijodkorlikning namoyon bo'lishiga, malakasini oshirishga intilishiga chaqiriladi.. 
Ma'lumki, ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida mehnatni tashkil etishning 
ma'lum shakllari, ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar shakllantiriladi, 
ishchilarning mustaqilligi darajasi belgilanadi.
Olimlarning ishlanmalari, mahalliy va xorijiy korxonalar tajribasi ishlab chiqarish 
muammolarini hal qilishda ko'plab yangi usul va uslublar mavjudligini baholash 
imkonini beradi. Avvalo, shuni e'tiborga olish kerakki, gap ishchilarning korxonani 
boshqarishdagi ishtiroki haqida emas, balki faqat ularni ishlab chiqarish faoliyati bilan 
bog'liq muammolarini hal qilishga faolroq jalb qilish haqida ketmoqda.



Yüklə 139,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə