3 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 139,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix30.12.2023
ölçüsü139,4 Kb.
#166428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ishlab-chiqarishni-modernizatsiyalashtirish-sanoat-korxonalari-samaradorligini-oshirish-omili

 
Kirish 
B
archamizga ma’lumki 28 yanvar kuni O’zbekiston Prezidenti 2022−2026 yillarga 
mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi farmonni imzoladi. 
Strategiya 7 ta yo’nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. Bo‘lib, uning 3 - yo‘nalishi 
bevosita milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashga 
yo ‘naltirilgan maqsadlarni ko ‘zda tutadi. Unda milliy iqtisodiyot barqarorligini 
ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat 
siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga 
oshirish maqsadi belgilangan bo‘lib, ushbu maqsadni amalga oshirish bevosita ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish bilan bog ‘langan. [1].
 
Modernizatsiya jamiyat hayoti yoki ishlab chiqarish sohalaridagi har qanday 
jarayon va hodisalarni turli takomillashtirishlarni joriy etish orqali zamonaviy talablarga 
muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgartirishdan iborat. 
Sanoatni modernizatsiya qilish korxonalar va ishlab chiqarish majmualarining 
ishlab chiqarish tizimini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning texnik-texnologik 
bazasini zamonaviy holatga keltirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni 
tashkil etish va korxonaning ijtimoiy sohasini ishlab chiqarishning yangi moddiy-texnik 
bazasiga moslashtirish kerak. 
 
Adabiyotlar sharhi 


SJIF 
2022:5.962
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
85
Tovar ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va takomillashishi natijasida 
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog'liq ma'lumotlarni umumlashtirishga urinishlar 
paydo bo'ldi. Ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi birinchi ilmiy ish fransuz olimi 
L.Shevalerning “Korxonani tashkil etish texnologiyasi” asari, shuningdek, ingliz 
matematigi Charlz Bebbijning “Mashina va manufaktura ishlab chiqarish iqtisodiyoti” 
asari hisoblanadi. 
Shuningdek, ushbu olimlardan tashqari Karl Marks, Adam Smit kabi olimlar
shuningdek, shveytsariyalik iqtisodchi va tarixchi Jan Sharli Sismondi ishlab chiqarishni 
tashkil etishni o'rganishga o'z hissalarini qo'shdilar. 
Rossiya olimlaridan N.F. Charnovskiy, A.K. Gasteva, N.A. Vitke ham o'z 
asarlarida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq masalalarni ko'rib 
chiqqanlar. 

Yüklə 139,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə