3-Ma`ruza: Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari Reja: Obyektga Yo`naltirilgan yondashuv tarixi


Inkapsulatsiyalash: namunaviy xatolar



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə7/10
tarix17.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-maruza

Inkapsulatsiyalash: namunaviy xatolar
Abstraksiyani o`ta darajada qo`llash sinfni yozishda ma`lum muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Barcha foydalanuvchilarga hamda barcha vaziyatlarda birdek to`g`ri keladigan sinfni yozish mumkin emas.
Haddan tashqari abstaksiyalash ham xavfli bo`lishi mumkin. Hatto agar siz biror bir elementning ishlab chiqilishida abstraksiyadan foydalangan bo`lsangiz, u shu bir elementda ham barcha vaziyatlarda ishlay olmasligi mumkin. Foydalanuvchining barcha ehtiyojlarini qondira oladigan sinfni yaratish juda qiyin. Abstraksiyaga o`ralashib qolish kerak emas, birinchi galda qo`yilgan masalani yechish kerak.
Sinfda masalani yechish uchun kerak bo`lganidan ko`proq narsani kiritish tavsiya qilinmaydi. Birdaniga barcha masalalarni yechmang, e`tiboringizni bittasining yechimiga qarating. Va shundan so`nggina qilib bo`lingan ishga nisbatan abstraksiyani qo`llash usulini izlab ko`rish mumkin.
Masalan, bahaybat hisoblar yoki murakkab modelga o`xshash ancha murakkab masalalar ham uchraydi. Bu o`rinda gap mas`uliyatni taqsimlash nuqtayi nazaridan murakkablik haqida bormoqda. Obyekt- ning mas`uliyat sohalari qancha ko`p bo`lsa, u shuncha murakkabroq bo`ladi va uni qo`llab-quvvatlash ham ancha murakkablik tug`diradi.
Va, nihoyat, dasturlashda abstraksiyalashdan foydalanishga o`rga- nish uchun vaqt kerak. Haqiqiy abstrakt dastur haqiqiy hayot talablariga asoslangan bo`lmog`i lozim. U dasturchi shunchaki takroran qo`llana- digan obyektni yaratishga jazm qilganligi natijasida yuzaga kelmaydi. Aytganlaridek, ixtiroga ehtiyoj tug`ilganidagina, u tug`iladi. Xuddi shu tamoyil obyektlarni yaratishda ham amal qiladi. Birinchi mar- tadayoq haqiqatan abstrakt, takroran qo`llanadigan obyektni yozish mumkin emas. Odatda takroran qo`llanadigan obyektlar ishda sinovdan o`tib bo`lgan hamda ko`plab o`zgarishlarga uchragan dasturni takomil- lashtirish jarayonida yaratiladi.
Ichki o`zgaruvchilarni hammavaqt berkitish kerak: ular konstan- talar bo`lgan holatlar bundan mustasno. Muhimi, ular nafaqat berki- tilgan bo`lishi lozim, balki ularga faqat sinfning o`zi kirish huquqiga ega bo`lishi kerak. Ichki o`zgaruvchilarga kirishga ruxsat berilganda, joriy qilish ochiladi.
Ichki ma`lumotlari boshqa nom ostida tashqi foydalanish uchun taqdim etilgan interfeysni yaratishga ehtiyoj yo`q. Interfeys oliy darajadagi xulq-atvor yo`llariga ega bo`lishi lozim.

Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə