3-Ma`ruza: Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari Reja: Obyektga Yo`naltirilgan yondashuv tarixi


Obyektga Yo`naltirilgan yondashuvning afzalliklari va maqsadlari



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə2/10
tarix17.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-maruza

1.2. Obyektga Yo`naltirilgan yondashuvning afzalliklari va maqsadlari
OYD dasturiy ta`minotni ishlab chiqishda oltita asosiy maqsadga asoslanadi. OYD paradigmasiga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy ta`minot quyidagi xususiyatlarga ega bo`lmog`i lozim:

  • Tabiiylik.

  • Ishonchlilik.

  • Qayta qo`llanish imkoniyati.

  • Kuzatib borishda qulaylik.

  • Takomillashishga qodirlik.

  • Yangi versiyalarni davriy chiqarishning qulayligi.

Tabiiylik
OYD yordamida tabiiy dasturiy ta`minot yaratiladi. Tabiiy dasturlar tushunarliroq bo`ladi. Dasturlashda «massiv» yoki «xotira sohasi» kabi atamalardan foydalanish o`rniga, yechilayotgan masala mansub bo`lgan soha atamalaridan foydalanish mumkin. Ishlab chiqilayotgan dasturni kompyuter tiliga moslash o`rniga, OYD aniq bir sohaning atamalaridan foydalanish imkonini beradi.
Ishonchlilik
Yaxshi dasturiy ta`minot boshqa har qanday mahsulotlar, masalan, muzlatkich yoki televizorlar kabi ishonchli bo`lmog`i lozim.
Puxta ishlab chiqilgan va tartib bilan yozilgan obyektga Yo`naltirilgan dastur ishonchli bo`ladi. Obyektlarning modulli tabiati dastur qismlaridan birida, uning boshqa qismlariga tegmagan holda, o`z- gartishlar amalga oshirish imkonini beradi. Obyekt tushunchasi tufayli, axborotga ushbu axborot kerak bo`lgan shaxslar egalik qiladi, mas`uliyat esa berilgan funksiyalarni bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi.

Qayta qo `llanish imkoniyati
Quruvchi uy qurishga kirishar ekan, har gal g`ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuhandis yangi sxemani yaratishda har gal rezistorlarning yangi turini o`ylab topmaydi. Unda nima uchun dasturchi «g`ildirak ixtiro qilaverishi kerak?» Masala o`z yechimini topgan ekan, bu yechimdan ko`p martalab foydalanish lozim.
Malakali ishlab chiqilgan obyektga Yo`naltirilgan sinflarni bemalol takroran ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi, obyektlarni ham turli dasturlarda takroran qo`llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o`laroq, OYD mavjud obyektlarni kengaytirish uchun voris- likdan, sozlanayotgan kodni yozish uchun esa polimorfizmdan foyda- lanish imkonini beradi.

Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə