3-Ma`ruza: Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari Reja: Obyektga Yo`naltirilgan yondashuv tarixi



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə6/10
tarix17.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-maruza

Mas`uliyatning bo `linganligi
Joriy qilishning berkitilganligi mas`uliyat tushunchasi bilan bog`liqligi tabiiydir. Kuchsiz bog`langan dasturni yaratish uchun mas`uliyatni tegishli ravishda taqsimlash ham muhimdir. Mas`uliyat tegishli ravishda taqsimlanganda, har bir obyekt o`zi mas`ul bo`lgan bitta funksiyani bajaradi hamda bu funksiyani yaxshi bajaradi. Bu esa obyekt bir butunlikni tashkil etishini ham bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, funksiyalar va o`zgaruvchilarning tasodifiy to`plamiga ehtiyoj bo`lmaydi. Inkapsulatsiyalanayotgan obyektlar o`rtasida yaqin konseptual aloqa bo`lmog`i, barcha funksiyalar umumiy vazifani bajarmog`i kerak.
Joriy qilish berkitilmas ekan, mas`uliyat obyektdan chetga chiqib ketishi mumkin. Biroq o`z vazifasini qanday hal qilishni aynan obyektning o`zi bilishi lozim, ya`ni aynan obyekt o`z vazifasini bajarish algoritmiga ega bo`lishi kerak. Agar joriy qilish ochiq qoldirilsa, foydalanuvchi undan to`g`ridan-to`g`ri foydalanishi va shuning bilan mas`uliyatni bo`lishi mumkin.
Agar ikkita obyekt bir xil vazifani bajarsa, demak, mas`uliyat tegishlicha taqsimlanmagan bo`ladi. Dasturda ortiqcha mantiqiy sxemalar mavjud bo`lsa, uni qayta ishlash lozim bo`ladi.
Hayotda bo`lganidek, bilimlar va mas`uliyat ishni qanday qilib yaxshi bajarish mumkinligini bilgan kishiga vakolat qilinishi kerak. Bitta obyektga bitta (har holda kam miqdordagi) vazifa uchun mas`uliyatni yuklash lozim. Agar bitta obyektga ko`p miqdordagi vazifalar ustidan mas`uliyat yuklatib qo`yilgan bo`lsa, ularni bajarish murakkablashadi, obyektni kuzatib borish va takomillashtirish ham qiyinlashadi. Mas`uliyatni o`zgartirish ham xavfli, chunki bunda, agar obyekt bir necha xulq-atvor liniyalariga ega bo`lsa, ularni ham o`zgartirishga to`g`ri keladi. Natijada juda katta miqdordagi axborot bir yerga jamlanib qoladi, uni esa teng taqsimlash lozim. Obyekt juda kattalashib ketgan hollarda, u amalda mustaqil dasturga aylanadi hamda protsedurali dasturlash afzalliklaridan foydalanish bilan birga uning barcha tuzoqlariga ham ilinib qolishi mumkin bo`ladi. Natijada siz inkapsulatsiyalash umuman qo`llanmagan dasturda yuzaga keladigan barcha muammolarga duch kelib qolasiz.
Obyekt bir-ikkitadan ortiq vazifa uchun mas`ul ekanini aniqlagach, mas`uliyatning bir qismini boshqa obyektga olib o`tish kerak.
Joriy etishning berkitilganligi — samarali inkapsulatsiyalash yo`lidagi qadamlardan biri, xolos. Mas`uliyatni tegishli ravishda taqsimlamasdan siz protseduralar ro`yxatiga ega bo`lib qolasiz, xolos. Samarali inkapsulatsiyalash=abstraksiya+joriy qilishning berkitil- ganligi+mas`uliyat.
Abstraksiyani olib tashlab, dasturdan takroran foydalanib bo`lmaydi. Joriy qilishning berkitilganligini olib tashlab siz kuchli bog`langan dasturga ega bo`lasiz. Nihoyat, mas`uliyatni olib tashlash natijasida esa siz protsedurali, ma`lumotlar ishloviga Yo`naltirilgan, markazlashmagan kuchli bog`langan dasturga ega bo`lasiz.

Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə