3-Ma`ruza: Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari Reja: Obyektga Yo`naltirilgan yondashuv tarixi


Inkapsulatsiyalashning asosiy afzalliklari



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə8/10
tarix17.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-maruza

Inkapsulatsiyalashning asosiy afzalliklari
Inkapsulatsiyalash yordamida mas`uliyatni inson nuqtayi naza- ridan tabiiy ko`ringan usul bilan taqsimlash mumkin. Abstraksiyadan foydalanib, masala yechimini joriy qilish atamalarida emas, balki ushbu yechilayotgan masala mansub bo`lgan soha atamalarida ifodalash mumkin. Abstraksiya masaladagi muhim jihatni ajratib ko`rsatish imkonini beradi.
Kodning muhim qismlarini to`sib va joriy qilinishni berkitib har bir alohida komponentning to`g`riligini tekshirib ko`rish mumkin. Tekshirilgan komponent qo`llanganda, har bir modulni sinchiklab tekshirish imkoni tug`iladi, bu esa butun dasturning ishonchli ekaniga shubha qoldirmaydi. Shunday bo`lsa-da, dastur to`g`ri ishlayotga- niga amin bo`lish uchun umumiy tekshiruv zarur.
Takroran qo`llash imkoniyati: abstraksiya yordamida turli vaziyatlarda qo`llash uchun yaroqli bo`lgan oson o`zgartiriladigan dasturni yaratish mumkin.
Kuzatib borishdagi qulaylik: himoyalangan dasturni kuzatib borish oson. Tobe kodni o`zgartirmay turib sinfning joriy qilinishiga har qanday kerakli o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bu o`zgarishlar joriy qilinishdagi o`zgarishlarni ham, interfeysga yangi usullarni qo`shishni ham o`z ichiga olishi mumkin. Faqat interfeys semantikasi (mazmuni)ning o`zgarishlari tobe koddagi o`zgarishlarni talab qiladi.
Takomillashtirish: dasturni buzmay turib joriy qilinishni o`zgar- tirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mavjud kodning ishga layoqatliligini saqlagan holda funksional tavsiflarni takomillashtirish mumkin. Buning ustiga, joriy qilish berkitilgan ekan, takomillash- tirilgan komponentdan foydalanayotgan kodning ishga tushirilish tavsiflari avtomatik tarzda yaxshilanadi: axir kod, garchi u o`zgarmagan bo`lsa-da, takomillashtirilgan komponentlardan foydalanadi-ku! Biroq o`zgartishlar kiritilganidan so`ng, yana modulni tekshirish kerak bo`ladi. Obyektning o`zgarishi ushbu obyekt foydalanayotgan butun kodda domino effektini keltirib chiqarishi mumkin.
Yangi versiyalarni davriy chiqarish (nashr etish) qulayligi: dastur­ni mustaqil modullarga bo`lib, kodni ishlab chiqish bilan bog`liq vazifani bir nechta ishlab chiquvchilar o`rtasida taqsimlash hamda shu yo`l bilan ishlab chiqish jarayonini tezlashtirishga erishish mumkin.
Komponentlarni ishlab va tekshirib chiqib, ularni yangidan qay- tadan o`zgartirish kerak bo`lmaydi. Shunday qilib, dasturchi bu komponentlarni takroran qo`llashi hamda ularni yana «nol»dan boshlab yaratish uchun vaqt sarflamasligi mumkin.

Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə