3-Ma`ruza: Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari Reja: Obyektga Yo`naltirilgan yondashuv tarixi



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə3/10
tarix17.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-maruza

Kuzatib borishda qulaylik
Dasturiy mahsulotning ish berish davri uning ishlab chiqilishi bilan tugamaydi. Dasturni ishlatish jarayonida kuzatib borish deb nomlanuvchi tirgak kerak. Dasturga sarflangan 60 foizdan 80 foizgacha vaqt kuzatib borishga ketadi. Ishlab chiqish esa ish berish siklining 20 foizinigina tashkil etadi.
Puxta ishlangan obyektga Yo`naltirilgan dastur ishlatish uchun qulay bo`ladi. Xatoni bartaraf etish uchun faqat bitta o`ringa to`g`rilash kiritish kifoya qiladi. Chunki ishlatishdagi o`zgarishlar tiniq, boshqa barcha obyektlar takomillashtirish afzalliklaridan avtomatik ravishda foydalana boshlaydi. O`zining tabiiyligi tufayli dastur matni boshqa ishlab chiquvchilar uchun tushunarli bo`lmog`i lozim.
Takomillashishga qodirlik
Foydalanuvchilar dasturni kuzatib borish paytida tez-tez tizimga yangi funksiyalarni qo`shishni iltimos qiladilar. Obyektlar kutub- xonasini tuzishning o`zida ham ushbu obyektlarning funksiyalarini kengaytirishga to`g`ri keladi. Dasturiy ta`minot statik (qotib qolgan) emas. Dasturiy ta`minot foydali bo`lib qolishi uchun uning imkoniyatlarini muttasil kengaytirib borish lozim. OYD da dasturni kengaytirish usullari ko`p. Vorislik, polimorfizm, qayta aniqlash, vakillik hamda ishlab chiqish jarayonida foydalanish mumkin bo`lgan ko`plab boshqa shablonlar shular jumlasidandir.
Yangi versiyalarni davriy chiqarilishning qulayligi
Zamonaviy dasturiy mahsulotning ish berish davri ko`p hollarda haftalar bilan o`lchanadi. OYD tufayli dasturlarni ishlab chiqish davrini qisqartirishga erishildi, chunki dasturlar ancha ishonchli bo`lib bormoqda, kengayishi osonroq hamda takroran qo`llanishi mumkin.
Dasturiy ta`minotning tabiiyligi murakkab tizimlarning ishlab chiqilishini osonlashtiradi. Har qanday ishlanma hafsala bilan yonda- shuvni talab qiladi, shuning uchun tabiiylik dasturiy ta`minotning ishlab chiqish davrlarini qisqartirish imkonini beradi, chunki butun diqqat-e`tiborni yechilayotgan masalaga jalb qildiradi.
Dastur qator obyektlarga bo`lingach, har bir alohida dastur qismini boshqalari bilan parallel ravishda hamda bir nechta ishlab chiquvchi sinflarni bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin bo`ladi. Ishlab chiqishdagi bunday parallellik ishlab chiqish vaqtini qisqartiradi.
1.3. Obyektga Yo`naltirilgan yondashuvning uch tamoyili
Obyektga Yo`naltirilgan yondashuv (OYD) ni tushunib yetish hamda undan foydalanishni o`zlashtirib olish uchun, avvalambor, puxta bazaviy bilimlarni egallab olish lozim. Bazaviy tushunchalarni puxta anglab yetibgina dasturlarni yaratishda OYD ni qo`llash mumkin. Inkapsulatsiyalash, vorislik va polimorfizm obyektga Yo`naltirilgan dasturlash (OYD) ning uchta bazaviy tushunchasi hisoblanadi.
Inkapsulatsiyalash
Inkapsulatsiyalash dasturni qandaydir monolit, bo`linmas narsa sifatida olib qaramay, ko`plab mustaqil elementlarga bo`lish imkonini beradi. Har bir element o`z funksiyalarini boshqa elementlardan mustaqil ravishda bajara oladigan alohida modul sifatida olib qaraladi. Aynan inkapsulatsiyalash tufayli mustaqillik darajasi ortadi, chunki ichki detallar interfeys ortida yashiringan bo`ladi.
Inkapsulatsiyalash modullikning obyektga Yo`naltirilgan tavsifidir. Inkapsulatsiyalash yordamida dasturiy ta`minotni ma`lum funksiyalar- ni bajaruvchi modullarga bo`lib tashlash mumkin. Bu funksiyalarni amalga oshirish detallari esa tashqi olamdan yashirin holda bo`ladi.
Mohiyatan inkapsulatsiyalash atamasi «germetik berkitilgan; tashqi ta`sirlardan himoyalangan dastur qismi» degan ma`noni bildiradi.
Agar biror bir dasturiy obyektga inkapsulatsiyalash qo`llangan bo`lsa, u holda bu obyekt qora quti sifatida olib qaraladi. Siz qora quti nima qilayotganini uning tashqi interfeysini ko`rib turganingiz uchungina bilishingiz mumkin. Qora qutini biron narsa qilishga majburlash uchun unga xabar yuborish kerak. Qora quti ichida nima sodir bo`layotgani ahamiyatli emas, qora quti yuborilgan xabarga adekvat (mos ravishda) munosabatda bo`lishi muhimroqdir.
Interfeys tashqi olam bilan tuzilgan o`ziga xos bitim bo`lib, unda tashqi obyektlar ushbu obyektga qanday talablar yuborishi mumkinligi ko`rsatilgan bo`ladi. Interfeys — obyektni boshqarish pulti.
Ommaviy, xususiy va himoyalangan kirish
Qandaydir bir elementni ommaviy interfeysga kiritish yoki, aksincha, undan chiqarish uchun kalit so`zdan foydalanish kerak. OYD ning har bir tilida kalit so`zlar to`plami belgilangan, biroq bu so`zlar asosan bir xil funksiyalarni bajaradi.
Obyektga Yo`naltirilgan tillarning ko`pchiligida kirishning uchta darajasi mavjud:

  • Ommaviy (public) — barcha obyektlarga kirish uchun ruxsat bor.

  • Himoyalangan (protected) — faqat ushbu ekzemplyarga va har qanday tarmoq sinflarga kirishga ruxsat bor.

  • Xususiy (private) — faqat ushbu ekzemplyarga kirishga ruxsat bor.

Loyihada kirish darajasini to`g`ri tanlab olish muhim ahamiyatga
ega. Ko`rinadigan qilinishi lozim bo`lgan barcha narsa ommaviy bo`lmog`i lozim. Berkitilishi lozim bo`lgan har qanday narsa himoya­langan yoki xususiy kirishga ega bo`lmog`i kerak.

Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə