3-mavzu: husnixatga o‘rgatishning metod va usullari


 Nusxa ko‘chirish usuli (harf surati ustidan yozish)



Yüklə 242,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.06.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#117999
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

5. Nusxa ko‘chirish usuli (harf surati ustidan yozish)
Bu metod harf shaklini to‘g‘ri tasavvur qila olmaydigan, yozayotganda daftar 
chiziqlaridan pasga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o‘quvchilar uchun 
qo‘llaniladi. 
Masalan, o‘quvchi D harfini ¸zishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, o‘qituvchi 
daftarga qalamda uni nuqtalar bilan ifodalab ko‘rsatadi, o‘quvchi esa uning ustidan 
ruchkada yurgizib chiqadi. Bu usul o‘quvchilarning shu harf haqidagi tasavvurini 
shakllantiradi. 
Ayrim hollarda o‘qituvchi chiroyli ¸zuvga o‘rgatishning dastlabki davrida 
o‘quvchilarni harf, uning elementlari haqida, to‘g‘ri tasavvurga esa qilishi uchun 
yupqa xitoy (kalpka) qog‘ozidan ham foydalanishi mumkin. Lekin bunday mashqlar 
qo‘l harakatini o‘stirish uchun ¸rdam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi 
samara bermaydi, o‘quvchi harf shaklini mustaqil ¸ki namunaga qarab ¸zishda 
qiynaladi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish usulidan faqat yakka shug‘ullanganda 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
6. Tasavvur orqali yozish usuli.
Yuqoridagi usullar bilan bir qatorda, bolalarga tasavvur orqali havoda harflar 
shaklini ¸zdirish ham qo‘llaniladi. 
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini 
o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi va bu orqali o‘quvchida 
harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi daftarga ¸zishga kirishadi. 
Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi hamda jismoniy mashqlarni 
bajarishga ham imkon beradi. 
Bu usulning salbiy jihati ham bor. Chunki, o‘qituvchi bu usuldan 
foydalanganda, barcha o‘quvchilarning qo‘l harakatini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini 
bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o‘quvchining qo‘l harakatini kuzatib, 
tegishli ko‘rsatma berish mumkin. 
Nusha ko‘chirish, tasavvur orqali zish husnixatga o‘rgatishda yordamchi usul 
sanaladi. 

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə