3-mavzu: husnixatga o‘rgatishning metod va usullari


Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli



Yüklə 242,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix19.06.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#117999
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli 
bolalarning charchagan a’zolarini dam olishiga va yozuv sifatiga katta ta’sir etadi. 
O‘quvchilar dars jarayonida bajariladigan mashqlar oddiy bo‘lib, kam vaqt olishi, 
o‘quvchining jismoniy jihatdan o‘sishiga, qo‘l va barmoqlarning chiniqishiga, 
qaddi-qomatining tik, erkin tutilishiga yordam berishi lozim. Husnixat qoidalari 
asosida yozishni mashq qilishga 6-8 daqiqa ajratiladi, bu vaqt or`lig`ida 
o`quvchilarning qo`li va muskullari charchashi mumkin, charchoq alomatlari ko‘zga 
tashlansa, darhol qo`l harakatiga doir jismoniy mashqlar tashkil etiladi. 
Mana shunday holatda o‘quvchilarning charchashlariga ahamiyat bermay’ 
ko‘p yozdirish dastxatlarini buzilishiga, xunuklashishiga va ko`p grafik va 
orfografik xatolarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Jismoniy mashq vaqti-vaqti 
bilan o‘tkazib borilsa, o‘quvchilarning ish qobiliyati tiklanadi va darsga qiziqishi 
ortadi. 
Qo‘l uzmasdan yozish usuli.
Qo‘l uzmasdan yozish yozuv malakalarini tez 
va erta egallashga zamin yaratadi. O‘qituvchi o`quvchilarga harflarni yoza 
boshlaganlarida harflarni yozish jarayonida ruchkaning uchini qog`ozdan uzmagan 
holda yozishlarini eslatib turishi lozim. So‘zlarni yozayotgan o‘quvchilar 
bo‘g`inlarni qo‘l uzmagan holda yozadilar. 
Oval shakldagi harflarni qo‘l uzmasdan tutashtirishda bir necha 
birlashtirish usullaridan foydalaniladi. Avval yozilgan chiziq bo‘yicha takror qo‘l 
uzmasdan yozish barcha oval va bir turdagi yarim ovallarni birlashtirish imkonini 
beradi. Bu uning yutug`i, ammo bunday usul ma’lum bir kamchilikka ega. Avval 
yozilgan chiziqdan takror yozish ko‘p biriktiruvda yozuv jarayonida qo‘l 
harakatining yo‘nalishi bilan mos tushmaydi, u tabiiy holda o‘ngdan chapga tomon 
harakatlanadi. U faqatgina pastki birikuvlarning harakat yo‘nalishi bilan mos 
tushadi, bunday takrorlanish chapdan o‘ngga tomon amalga oshiriladi. Shuning 
uchun qo‘l uzmasdan yozishning turli usullaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 


Kattalar yozuvida, odatda, turli harf birikmalarining aniq bir harf va harflar 
birikmalarining so‘z boshida va so‘z oxirida yozilishiga ko‘ra turli bog`lanuv 
usullarini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga ularning yozuvida biriktiruvning 
tejamkorlik usuli ko‘zga tashlanadi. Harf va harflar birikmalarini yozishga 
o‘rgatishda yuqoridagi holat ham e’tiborga olingan. Shu bilan birga, qo‘l uzmasdan 
biriktiruv yo‘llarini keyinchalik yanada takomillashtirish talab e’tiladi.
Oval shaklini qo‘l uzmasdan yozish uchun chizilgan yozuvning ustidan 
takroran yoziladi, bunda ruchkaning uchi takroran harakat yo‘nalishinini chapdan 
o‘ngga takrorlaydi. Namunada berilgan ra bo‘g`ini quyidagicha bog`lanadi.
_____________________________________________________________
_____
_____ro____ra___ru_________________________________________________ 
Shunday usul bilan oldindagi harflar bilan barcha oval harflar biriktiriladi. 
Faqatgina o harfi navbatdagi harf bilan yuqoridan bog`lanadi.
O‘quvchilar harflarni qanday bo‘lanishini va ularni qo‘l uzmasdan yozish 
yo‘llarini tushuntirib bera olishlari lozim. Tushuntirishni quyidagicha olib borish 
mumkin. O‘qituvchi xattaxtaga ma bo‘g`inini yozadi.
-Bolalar, qaranglar, men ma bo‘g`inini yozyapman. Men uni qanday 
yozyapman? 
-Sizlar ham shunday ruchkaning uchini qog`ozdan uzmasdan yozing.
-M harfi a harfi bilan qo‘l uzmasdan bog`lanishi uchun nima qilish kerak? 
M harfini yozganimizda ruchkani pastdan o‘ngga tomon, so‘ng oval shaklini 
yopib, shu chiziqdan yuqori chapdan to‘g`ri chiziq chizib pastki qismini yarim doira
shaklida to‘xtatamiz.
_____________________________________________________________
_______mo___ma______po___pe______________________________________
___ 
- Bu bo‘g`inni qanday yozganimni kim ko‘rsatadi? 
Bir o‘quvchi yozilgan bo‘g`inni xatcho‘p bilan yurgizib chiqadi, qolgan 
o‘quvchilar uni diqqat bilan kuzatib turadilar. Agar o‘quvchi xato qilsa, o‘qituvchi 
sinfdan so‘raydi va boshqa o‘quvchi uning xatosini to‘g`rilaydi.
So‘ng hamma o‘quvchilar bu bo‘g`inni qanday yozilishini ko‘rsatib beradilar. 
Ular ruchkani o‘ng qo‘llariga olib, o‘ng qo‘l tirsaklarini chap qo‘llariga qo‘yadilar 
(o‘qituvchi bu qanday qo‘yilishini ko‘rsatib beradi) va bo‘g`inni havoda o‘qituvchi 
xattaxtada qanday yozganini yozib ko‘rsatadilar. 
O‘quvchilar xattaxtaga yozilgan bo‘g`inga qarab havoda ustidan chizib 
chiqadilar. Yoki o‘qituvchining bo‘g`inni yozayotganida uning harakati bilan 
birgalikda havoda berilgan bo‘g`inning ustidan chizib chiqadilar.Faqat shundan 
keyingina o‘quvchilar bu bo‘g`inni daftarlariga yoza boshlaydilar. Agar o‘quvchi 
yozib bo‘gan bo‘lsa, u ruchkani joyiga qo‘yib, yozilgan bo‘g`inni to‘g`ri yozilganiga 
ishonch hosil qilishi kerak.
O‘qituvchi: Kim ma bo‘g`inini qo‘l uzmasdan yozdi? Qo‘lingizni ko‘taring. 
O‘qituvchi sinf bo‘ylab yuradi va ayrimlarga uning xatosini ko‘rsatib o‘tadi. 


O‘quvchilar yana bir bor bu bo‘g`inni yozadilar va ruchkaning uchini 
qog`ozdan uzmasdan yozishni kuzatib boradilar. Bo‘g`inni qo‘l uzmasdan yoza 
olmayotgan o‘quvchilar qo‘llarini ko‘taradilar.
O‘qituvchi yoza olmagan o‘quvchining oldiga boradi va qanday yozish 
kerakligini o‘quvchining daftariga yoki hamma sinf uchun xattaxtaga yana bir bor 
yozib ko‘rsatadi. So‘ng ma bo‘g`inini qator oxirigacha yozib chiqiladi. Xuddi 
shunday tushuntirish ishlari boshqa bo‘g`in va so‘zlarni yozishda ham takrorlanadi. 
Avval so‘zlar bo‘g`inlab, qo‘l uzmasdan yoziladi, chunki bu vaqtda o‘qishda 
ham bo‘g`inlab o‘qiladi. O‘quvchilar birinchi bo‘g`inga kiruvchi harflarni eslab 
qolishi, so‘ng qo‘l uzmasdan yozishi kerak. Keyingi ikkinchi bo‘g`in ham qo‘l 
uzmasdan yoziladi. O‘qituvchi esa barcha qo‘l uzmasdan yoziladigan so‘zlarni qo‘l 
uzmasdan yozib ko‘rsatadi.
O‘qituvchi hamma o‘quvchilarning yozish jarayonidagi ruchkasining 
harakatini kuzatib boradi. Daftarlarni tekshirayotgan o‘qituvchi o‘quvchining qo‘l 
uzmasdan yoki uzib yozganligini darrov ilg`ab oladi. Buni chizilgan chiziqning 
holatiidan bilish mumkin. Bir harfning qo‘l uzmasdan yozilishi darsda bir necha 
marotaba takror yozub ko`rsatiladi. 
1-sinfning ikkinchi yarmida bolalarga tanish bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan 
4-5 harfdan iborat bo‘lgan so‘zlar qo‘l uzmasdan butunligicha yozdiriladi. 2-sinfda 
o‘quvchilar barcha so‘zlarni qo‘l uzmasdan yozadilar. Ayrim harflargina qo‘l uzib 
yoziladi. Bular b keyingi harf bilan uzib yoziladi, k harfidagi pastki element uzib 
yoziladi, x harfi bilan yarim ovallilar uzib yoziladi. X va k harflarini o‘quvchilarga 
qo‘l uzmasdan yozishga ham o‘rgatish mumkin, lekin qo‘l uzmasdan yozishda 
uchraydigan qiyinchiliklar tufayli ulardan qattiq talab qilish shart emas.
Bosh harflarni yozayotganda ham uzib yozish kuzatiladi. Barcha 
bo‘g`lanishlar o‘quvchilarning maxsus tayyorgaliklarini talab etadi.
o harfini turli harflar bilan qo‘l uzmasdan bog`lab yozish talab etiladi. 
O‘qituvchi xattaxtaga ikkita so‘zni yozadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga murojaat 
qiladi:
- Aytingchi, o harfini bu so‘zda qo‘l uzmasdan bog`lab yozishning necha 
usulidan foydalanish mumkin? 
- Uch usulidan. 
- Qanday usulligini ko‘rsating va izohlab bering. 
O‘quvchi xattaxtaning yoniga keladi va o harfini ajratib aytib beradi. _____ 
so‘zida uchta o harfi bor. Birinchi o harfi __ harfi bilan pastki bog`lanishni talab 
etadi. Bu harflarni quyidagicha bog`laymiz. __ harfini qo‘l uzmasdan yozganimizda 
pastki tomondan o harfini yozamiz va ruchkaning uchini yuqoriga olib borib ovalni 
yopamiz va takroran yozgan chizig`imizdan qaytib o harfini __ harfi bilan 
tutashtiramiz. Bu so‘zdagi navbatdagi o harfini __ harfi bilan yuqoridan bog`lanishni 
talab etadi. __ harfini yozganimizda ruchkaning uchini yuqoriga ovalga yurgizamiz, 
bir necha marta aylantiramiz va yozilgan joydan ovalni chapdan ongga tomon 
harakatlanib ovalni yopamiz va o harfini __ va __ harflari bilan tutashtiramiz. Bu 
so‘zdagi oxirgi o harfi ham pastki qismdan bog`lanayotganda qanday yozilsa
shunday bo‘g`lanadi.


Shundan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarni o bo‘g`inini uch turda bog`lanishini 
yozib olishlarini taklif etadi.
_____________________________________________________________
____ok____lok__mol__ko__no_____________________________________ 
So‘ng o‘quvchilar shu bo‘g`inlarga mos turli so‘zlarni topib yozadilar.

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə