3-mavzu: husnixatga o‘rgatishning metod va usullari


 Namunaga qarab yozish usuli



Yüklə 242,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix19.06.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#117999
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

3. Namunaga qarab yozish usuli.
Husnixatga o‘rgatish usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib 
ko‘rsatish va yozdirishdir. 
Har bir harfning namunasi doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan 
holda yoki ayrim o‘quvchilarga daftarda alohida-alohida ko‘rsatiladi. O‘quvchining 
vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni (harf, bo‘g‘in, so‘zlar) o‘z daftarlariga 
to‘g‘ri aks ettirishidir. 
Doskada yozib ko‘rsatilgan har bir harf barcha o‘quvchilarga aniq ko‘rinib 
turishi shart. Agar ayrim o‘quvchilar uni aniq ko‘rmagan bo‘lsalar, qaytadan 
takrorlab ko‘rsatiladi. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog‘lanishini ko‘rsatish 
vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir. 
O‘qituvchi har bir harf bilan harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskada 
tushuntirish orqali qo‘lni qayerga qo‘yish kerak, qayerda qo‘l harakati buriladi
harflarning baland-pastligi qay darajada bo‘lishi orqali ko‘rsatmalar orqali 
tushuntiriladi. 
Keyinchalik o‘quvchi u yoki bu harfni o‘qituvchi bergan ko‘rsatmalar asosida 
tushuntirib beradilar. 
4. Nusxaga qarab ko‘chirish usuli
Bu usul qadimiy usul bo‘lib, hozirgi kunda ham qimmatini yo‘qotmagan holda 
qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulda o‘quvchilar harflarni «Husnixat» kitobi yoki 
«Yozuv daftari»dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar. 
Namunaga qarab ko‘chirib zish, tayr harflarning ustidan yozishga nisbatan 
ancha murakkab bo‘lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo‘llashni o‘qituvchi 
yaxshi bilishi kerak. 
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib mashq 
qilish mexanik jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar. 


«Husnihat» darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o‘qituvchining 
vaqtini tejaydi, unumli ishlashga imkoniyat yaratadi. Bunga erishish uchun barcha 
o‘quvchilar darslik bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə