3-mavzu: husnixatga o‘rgatishning metod va usullari



Yüklə 242,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.06.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#117999
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Yozuvga o‘rgatishda qanday usullardan foydalaniladi? 
2. Chiziqli usulning ijobiy va salbiy tomonlarini bayon qiling. 
3. Genetik usul husnixatga o‘rgatishda qanday ahamiyatga ega? 
4. Tasavvur orqali yozish usulini misollar orqali izohlang. 
5. Nusxa ko‘chirish usulini misollar bilan ko`rsating.
6.Yuqoridagi usullarni qo‘llab dars ishlanmasini tayyorlang. 
 
 
 
 


3.2. Ritmik usul(sanoq-ohang) usuli. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. 
Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Qo‘l harakatini mashq qildirish
usuli. Qo‘l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli) 
Ma’ruza rejasi: 
1. Ritmik (sanoq-ohang) usul.
2. Harf shakllarini tahlil qilish usuli.
3. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli.
4. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
5. Qo`l uzmasdan yozish usuli. 
6. Xatolar ustida ishlash usuli. 
Tayanch atamalar: 
ritmik usul (sanoq-ohang) , harf shakllarini tahlil qilish
usuli, yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli, qo‘l harakatini mashq qildirish
usuli, qo`l uzmasdan yozish usuli, xatolar ustida ishlash usuli. 
Ritmik ( sanoq-ohang) usuli. 
Bu usul o‘qituvchi sanog`i ostida harf va uning 
elementlarini yozish demakdir. Bu usuldan savod o‘rgatish davrida va 1-sinfning 
ikkinchi yarim yilligida foydalanish mumkin. 
Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan, harflarning
tekis yozishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, sekin yozadigan o‘quvchilarni tez va 
sinfdagi barcha o‘quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o‘quvchilar 
vazifani aniq va dadil harakatlanish orqali bajaradi. To‘rtinchidan, darsni 
jonlantiradi. 
Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo‘lmaydi, chunki o‘quvchi 
charchab qoladi va yozuv sifati buziladi. 
Ritmik usulda, asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki”, ”uch” deb 
yozishga da’vat etiladi, so`ng harfning elementlari sanoqsiz yozdiriladi. 
Sanoq-ohang usulidan bo‘g`in va so‘z, gaplarni yozdirishda ham 
foydalaniladi. 

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə