3-mavzu: husnixatga o‘rgatishning metod va usullari


Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli



Yüklə 242,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix19.06.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#117999
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli
. Harf va uning 
elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib 
tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklda 
ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog`lanishida qanday ko‘rinishga ega 
bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar. 
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo‘lib, ular bir butun 
shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib 
o‘tadi. Masalan, kichik d harfining birinchi elementi to‘liq oval, ikkinchi elementi 
pasti halqali tayoqchadan iborat. Dastlab harfning necha elementdan iborat ekanligi 
eslatib o‘tiladi, so`ng harfni qo‘l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi. 
Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi 
bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan yordam beradi. 
Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim, 
shundagina o‘quvchilar uni to‘liq o‘zlashtirishlari va amalda qo‘llashlari mumkin. 
Masalan, birinchi sinfda dastlab to‘g`ri o‘tirish, ruchkani to‘g`ri ushlash, daftarni 
to‘g`ri holatda qo‘yish kabi talablar, shundan keyin so‘zlarda harflarning 


balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, so‘zlarda harf unsurlari va harflarning 
oralig`ini bir xil uzoqlikda chamalab yozish qoidalari o`rgatiladi. 
Ikkinchi sinfdan boshlab chiroyli yozish malakasiga oid kichik va bosh 
harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish; harf va 4-5 harfdan iborat so‘zlarni 
qo‘1 harakatini uzmasdan yozish, yozish sur`atini oshirishga doir qoidalar bilan 
tanishtiriladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir qoida o‘zining aniq mazmuniga ega 
bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchi har bir qoidani asta-sekin o‘z o‘rnida o‘rgatib boradi. Masalan, 
dastlab alifbegacha bo‘lgan davrda yozuvning qiyaligini to‘g`ri saqlash qoidalari 
o`rgatigach, bolalar qiya chiziqlarning ahamiyatini yaxshi bilib olganlaridan so‘ng, 
o`zlashtirgan qoidalarni harf va so‘zlarni yozishda tadbiq etadilar. 
Yozuvning qiyaligi haqidagi tushunchalar chuqur singdirilgandan so‘ng 
harflarni bir xil masofada tekis yozish qoidalari o‘rgatiladi. Harflarni bir xil 
masofada tekis yozish qoidalaridan so‘ng, so‘zlarni qo‘1 harakatini uzmasdan 
yozish qoidalari o‘rgatiladi. 3- sinfdan boshlab esa barcha qoidalarga amal qilgan 
holda yozuv sur`atini tezlashtirish talablari kiritiladi.

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə