3-mavzu: ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari


O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi



Yüklə 12,17 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü12,17 Kb.
#166639
1   2   3   4   5
1-MAVZU (2)

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi.

Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan
ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega bo‘lgan
Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘ro‘g‘li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko‘ramiz.
Keyinchalik VI-VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi.
O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g‘oyalari
Buyuk olim Al-Xorazmiy (783-850 y.) ning asarlari yorqin didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo‘lga kiritilishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishini va jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y.) ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek, ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo‘naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o‘z ifodasini topgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o‘z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof- muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o‘qitish haqidagi g‘oyalari muhim hisoblanadi.
Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:
asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi
amaliyotni tajriba bilan bog‘lash
qabul qila olishlilik
ko‘rgazmalilik

Yüklə 12,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə