3-mavzu: ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari


Ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo‘lishiga olib kelgan. Bu yo‘nalishga mafkurani ham kiritsa bo‘ladi



Yüklə 12,17 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü12,17 Kb.
#166639
1   2   3   4   5
1-MAVZU (2)

Ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo‘lishiga olib kelgan. Bu yo‘nalishga mafkurani ham kiritsa bo‘ladi
Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda
Xayriya va o‘quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo‘yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari)
Ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi
Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o‘rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y) -Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y) - AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y) -Germaniya ko‘rsatsa bo‘ladi.
XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi.
G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko‘ra isloh qilish g‘oyasiga asoslanadi.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi.
Vilgelm Lay “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan.
XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida jamiyat pedagogik tarbiya sohsida muhim o‘rin tutadi. Ushbu fan o‘quv fani-ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 12,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə