3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


reja Schyotlarda xo’jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

2.2.reja Schyotlarda xo’jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozish. 
Istalgan moliya-xo’jalik operatsiyasida 2,3 va undan ko’p schyotlar ishtirok etadi,zero 
operatsiya-mablag’’larni bir schyotdan boshqasiga o’tkazishdir. Mazkur mablag’larning 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


harakati 
BUXGALTERIYA O’TKAZMASI 
vositasida yoziladi. Bir operatsiya bilan 
boglangan schyotlar vakillik kiluvchi yoki bir-birlariga schyotlardagi mablag’lar haqida 
axborotni xabar kiluvchi schyotlar deb ataladi. 
Buxgalteriya hisobining mazkur muhim qoidasi ana shundan kelib chiqadi. 
IKKI YOQLAMA YOZISH QOIDASI 
Agar bir schyot debetiga muayyan summa yozilgan bulsa, anna shu summa 
boshqa schyot kreditiga yozilgan bo’lishi keraq yoki agar muayyan summa bir schyot 
kreditiga yozilgan bulsa, ana shunday summa boshqa schyot debetiga yozilishi shart. 
Bir schyot debetlanib va bir schyot kreditlanib qatnashadigan o’tkazma (yozuv) oddiy 
o’tkazma yoki oddiy ikki yoqlama yozuv deyiladi. Agar bir schyot debetlanib.bir vaqtning 
o’zida bir necha schyotlar kreditlansa yoki bir necha schyotlar debet yozilgan bulsa u 
murakkab o’tkazma yoki murakkab yozuv
deb ataladi.
Talabaga tushunish osonrok bo’lishi uchun ikki yoqlama yozuvning mohiyatini o’zida 
mujassamlashtiruvchi turt asosiy qoidaga amal qilishni tavsiya etamiz. 
1.Sodir etilgan xo’jalik operatsiyasining tub iqtisodiy mazmunini tushunish; 
2.Mazkur operatsiyada ishtirok etuvchi sintetik schyotlarni aniqlash; 
3.Balansga asosan ishtirok etuvchi schyotlarning aktiv va passivligini aniqlash; 
4.Schyotlarni debet va kredit tomonlarga to’q’ri kuyish. 
Ushbu yo’qoridagi qoidalarga amal qilgan qolda ba'zi misollarni ko’rib chihamiz. 
Aktiv schyotlarda dan qo’shimchasini olsa kredit ga qo’shimchasini olsa debet bo’ladi. 
Masalan qsob kitob schyotidan kassaga naqd pul olindi bunda Debet kassa 50 schyot 
Kredit hisob kitob schyoti
Birinchi operatsiya. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun korxonanning 
davlat bankidagi yoki xususiy bankdagi hisob kitob schyotidan kassaga 500000 so’m naqd 
pul. Bu xo’jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag’i ko’payib,bankdagi hisob kitob 
schyotida pul mablag’ining qoldig’i kamayadi. Ikkala schyot ham balansning aktiv tomonida, 
ya'ni aktivdir. Demak, bu operatsiya natijasida schyotlarning o’zaro quyidagi boglanishi sodir 
bo’ladi. 
Debet kassa schyoti 
Kredit hisob kitob schyoti 500000 so’m 
Bu operatsiya buxgalteriya hisobi schyotlarining shartli sxemasida quyidagicha aks 
ettiriladi. 
D-t Hisob-kitob schyoti k-t d-t kassa k-t
1) 500000 2) 500000 
Naqd pul olindi. 
Ikkinchi operatsiya bankdan hisob kitob raqamiga qisqa muddatli kredit olindi. 
Summasi 300000 so’m 
Debet hisob kitob schyoti 
Kredit Banklarning qisqa muddatli kreditlari 300000 so’m. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Bu xo’jalik operatsiyalari ta'siri ostida korxonaning pul mablag’i ko’payib.shunga bog’liq 
qolda bankdan bo’lgan qarz ham ko’payib borayapti. qsob kitob schyoti aktiv schyot, aktiv 
schyotlarda ko’payish debetda. Banklarning qisqa muddatli kreditlari passiv schyot.passiv 
schyotlarda ko’payish kredit tomonda bo’ladi. 
Shu operatsiya schyotlarining shartli sxemasini keltiramiz. 
D-t banklarning kis.mud. k-ti. K-t d-t hisob-kitob schyoti k-t
1) 300000 2) 300000 
nakd pul olindi. 
Schyotlardagi yozuvlardan ko’rinib turibdiki, bitta operatsiyaning summasi, ikki 
schyotda bir xil summalardan, lekin bir schyotning debetida ikkinchi schyotning kreditida 
o’zaro boglanadilar. Operatsiyalarni schyotlarga yozishdagi o’zaro bir bilan boglanish 
schyotlar korrespondentsiyasi deb ataladi. Bunday debet va kreditlangan schyotlar 
korrespondentsiyalashgan schyotlar deb ataladi. 
Xo’ja lik operatsiyalari va korrespondentsiyalashgan schyotlar ko’rsatilgan yozuv 
buxgalteriya provodkalari yoki buxgalteriya o’tkazmalari deyiladi. Tashkilot (korxona) 
mablag’lari va ularning manbalari xo’jalik faoliyati davomida doimo harakatda
bo’ladi.operatsiyalar natijasida uz qiymatini o’zgartirib turadi. Bu o’zgarishlar tegishli 
hujjatlar asosida ikki tomonlama yozuv orqali buxgalteriya schyotlarida aks etgirilib 
boriladi.Natijada buxgalteriya schyotlarining oxirgi qoldiqlariga asosan yangi balans 
to’zilganda, bu o’zgarishlar balans moddalarida aksini topadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə