3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

 
 
 
8.2. Buxgalteriya hisobotining turlari va ularning mazmuni 
Buxgalteriya hisobotlari qaysi davrda to’zilishiga qarab oyliq paklikva yillik 
hisobotlarga 
bo’linadi. 
Oylik 
buxgalteriya 
hisobotlari 
buxgalteriya 
balansi 
va 
ma'lumotnomalardan iborat qiladi. Buxgalteriya balansida hisobot oyi boshiga xo’jalik 
mablag’lari va ularning tashkil manbaalarini qoldiqlari aks etgiriladi. Ma'lumotnomalarda esa 
xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari qanday bajarilganliklari ko’rsatiladi. 
Choraklik buxgalteriya hisobotining hajmi keng bo’lib, balansdan tashqari xo’jalik 
faoliyatyning turli ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi bir necha jadvallardan iborat bo’ladi: 

1«Buxgalteriya balansi», 

2 «Moliyaviy natijalar to’q’risida hisobot”; 

2a «Debitorlik va 
kreditorlik qarzlari to’q’risida ma'lumotnoma». 
Korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini kelasi yilning 1-yanvar holatiga to’zilib, 
yakunlovchi buxgalteriya balansi va xo’jalik faoliyatini har tomonlama harakterlab beruvchi 
ko’pgina jadvallardan iborat bo’ladi va yuqoridagi ko’rsatilga shakllardan tashqari. Asosiy 
vositalar, fondlar harakati,qarzga olingan mablag’larning harakati.debitor va kreditor 
qarzlar.ijtimoiy ko’rsatkichlar va valyuta mablag’larining harakatiga doyr hamda yillik 
foydaning taqsimlanishini aks etiruvchi jadval (shakl) lar ham kiritiladi. 
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisoboti to’q’risida»gi qonunning 16-
moddasiga muvofiq yillik moliyaviy (buxgalteriya) hisobot quyidagi shakllarni (formalarni) 
o’z ichiga oladi. 
1-shakl-«Buxgalteriya balansi»; 
2-shakl-«Moliyaviy natijalar to’q’risida hisobot»; 
3-shakl-yaAsosiy vositalar harakati to’q’risida hisobot»; 
4-shakl-«Pul okimlari to’q’risida hisobot»; 
5-shakl-«Xususiy kapital to’q’risida hisobot»; 
Izohlar.hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Buxgalteriya balansi ma'lum bir sanaga, hisobotning boshqa shakllari esa ma'lum bir 
davr uchun to’ziladi. 
Korxonada bo’lgan mablag’lar harakati buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd 
etilgan bo’lib.har oyda schyotlarning oborotlari hisoblanib oy oxiriga qoldiqlari chiqariladi. 
mablag’lar harakatining to’q’riligini bilish maqsadida sintetik schyotlar oborotlari analitik 
schyotlardagi ma'lumotlari bilan taqqoslanadi. Har bir schyot qoldiqlari tekshirib 
chiqilgandan keyin bu ma'lumotlar asosida sintetik va analitik hisob oborot qaydnomalari 
to’ziladi va ular ma'lumotnomalariga asosan buxgalteriya balansi to’ziladi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Buxgalteriya balansining 1-shakli «Buxgalteriya balnsi» to’q’risida buxgalteriya 
balansi mavzusida yoritilgan. 
Moliyaviy natijalar to’q’risida hisobot (

2-shakl) da:ishlab chiqarilgan va sotilgan 
mahsulotlardan olingan yalpi tushum.bu mahsulotlar tannarxi, mahsulotlar sotishdan olingan 
daromad, operatsion daromadlarg davr xarajatlari,moliyaviy faoliyat daromad va xarajatlari, 
soliq to’laguncha foyda va sof foydalar ko’rsatiladi. Bundan tashqari utgan yildagi 
ko’rsatkichlar ham tahlil qilinadi.
Asosiy vositalar to’q’risidagi hisobot (

3-shakl) da korxonada mavjud bo’lgan asosiy 
vositalar turlari va ularni eskirishining qoldiqlari (holati) va hisobot davri davomidagi (bir yil 
davomidagi) o’zgarishi ko’rsatiladi. Bu hisobot asosida korxona yil davomida kancha asosiy 
vositalar qabul qilganligi, (jumladan guruhlari bo’yicha nimalarni) va asosiy vositalarni 
hisobdan chiqarilganligi,sabablari va turlari bo’yicha aniqlash mumkin.
Pul okimlari to’q’risida hisobot (

4-shakl) da korxonaning xo’jalik faoliyati bilan
bog’liq pul mablag’larining harakati.olingan hamda tulangan foizlar va 
dividentlar.tulangan soliqlar.investitsiya hamda moliyaviy faoliyat bo’yicha mablag’lar 
harakati ko’rsatiladi. Bu hisobot shakli tegishli schyotlar hisob ma'lumotlari asosida to’zilib, 
bu hisobotdan korxonada umuman mablag’lar ko’payganmi yoki faoliyati natijasida 
kamayish yuz berganmi aniqlash mumkin.
Xususiy (uz) kapital to’q’risida hisobot (

5-shakl)da korxonaning uz mablag’lari 
manbalari hisobot davrida kanchalik va nima sababdan o’zgarganligini ko’rsatadi. Bu hisobot 
asosida korxonaning uz mablag’lari (sarmoyasi) miqdorini.shundan ustav kapitali va foydasi 
kanchalik ekanligini va ularning hisobot davri davomida qanday o’zgarganligini aniqlash 
mumkin.
Korxonalar yuqoridagi hisobot turlaridan tashqari Debitorlik va kreditorlik qarzlari 
to’q’risida ma'lumotnoma (

2a-shakl) va Moliyaviy iqtisodiy holat bo’yicha ma'lumotnoma 
(

2b-shakl) hamda yillik hisobotda izohlar, tushuntirishlar bo’ladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’q’risidagi ma'lumotnoma-1 da korxonaning 
mamlakat ichidagi va chet ellardagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining harakati 
ko’rsatiladi. Bu muxim hisobot shakllaridan biri bo’lib.bu ma'lumotnoma asosida debitor va 
qarzlarning to’lov muddatlari utib ketmasligini nazorat qilish mumkin.
Moliyaviy iqtisodiy holat bo’yicha ma'lumotnomada korxonaning hisobot davri boshi va 
oxirida moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zgarishi ko’rsatiladi. Izohlar va 
tushuntirishlarda hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi uchun, hisobotlarning 
ayrim moddalari kengaytirilib, aniqlanib beriladi. Bunda korxonada qo’llanilgan hisob 
yuritish siyosatiga katta ahamiyat beradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə