3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə11/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Kompleks yondashuv tizimlilikni konkretlashtirishning spetsifik shakli hisoblanadi, chunki 
uning asosini boshqaruv muammolarini ular bilan aloqada va o’zaro bog’liqlikda, ushbu 
muammolarni o’rganayotgan ko’pgina fanlarni o’rganish uslublarini qo’llash bilan ko’rib chiqish 
tashkil etadi. 
Modellashtirish – tizimning ko’rinish shakli, xususiyatlarini, o’zaro aloqalarini, funktsional 
va strukturaviy parametrlarini aks ettiruvchi modellarni qo’llashga asoslanadi. 
Boshqaruv muammolarini yechishda uyinlar nazariyasi, navbatlar nazariyasi, zaxiralarni 
boshqarish, chiziqli programmalashtirish, imitatsion va iqtisodiy tahlil modellari keng 
qo’o’llaniladi. Ular menejmentning yana bir muhim dastagi bo’lmish iktisodiy-matematik 
uslublarni qo’llagan holda boshqarishning ko’p sonli masalalarini yechish imkonini beradi. 
Tajriba o’tkazish uslubida tajriba asosida tashkilotning maqsadlari va vazifalarini yechish 
uchun foydalanish zarur bo’lgan ilmiy asoslangan yangiliklarni aniqlash amalga oshiriladi. 
Eksperiment – bu u yoki bu gipotezalarni, yangiliklarni va korxona boshqaruv tizimidagi 
o’zgarishlarni tekshirish yordamida tayyorlangan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan 
metodika asosida o’tkaziladigan ilmiy tajriba hisoblanadi. 
Tajriba o’tkazish tamoyillari: 

maqsadga yo’naltirilganlik; 

tajribaning «tozaligi»; 

aniqlik; 

tajriba zonalarini belgilash; 

yo’nalishning ilmiy asoslanganligi. 
Tajribani boshqarishning uch mumkin bo’lgan natijalarini ajratishadi: 1. Tekshirilayotgan 
yangilikning qabul qilinishi yoki salbiy baholanishi to’g’risidagi ma’muriy qaror. 2. Boshqarishning 
yangi nazariy va uslubiy tomonlarini izohlash, ilmiy va amaliy asoslab berish. 3. Ilmiy menejment 
uslublari tizimini rivojlantirish, ularning ilmiy asoslanganligini oshirish. 
Sotsiologik tadqiqotlar uslubi. Sotsiologik tadqiqotlar tashkilot personali ehtiyojlari va 
qiziqishlari, odamlar va guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteri, kadrlar tuzilishi 
natijasida shakllangan madaniyat turi va tashkilotning boshqa rivojlanish omillari to’g’risida 
axborotlarni to’plash va qayta ishlash yo’li bilan o’tkaziladi. Bunga intervyu, anketa o’tkazish, 
kuzatish, o’z-o’zini kuzatish, hujjatlarni o’rganish kabilar kiradi. Bularning hammasi shunday 
axborotni beradiki, uning asosida tashkilotdagi personalning u yoki bu qarorlarga bo’lgan 
reaktsiyasini prognozlash hamda odamlar va guruhlar xatti-xarakatlarini boshqarish mumkin. 
Yondashuvlar, uslublar va usullar konkret yoki maxsus uslublar deb nomlanadi. 
Konkret uslublar klassifikatsiyasi: 

funktsional kichik tizimlarni boshqarish uslublari; 

menejment funktsiyalarini bajarish uslublari; 

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslublari. 
Birinchi yo’nalish tashkilot strukturasi bilan bog’liq (marketing, innovatsiya, ishlab chiqarish, 
moliya, personal, resurslar). 
Ikkinchi yo’nalish menejment funktsiyalari bilan bog’liq. 
Uchinchi yo’nalish boshqarish jarayonini muammolarni yechish jarayonlari to’plami sifatida 
tasavvur qilishga asoslanadi. SHunga mos ravishda hamma uslublar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

muammolarni qo’yish uslublari, muammolarni yechish uslublari, qabul qilingan qarorlarning 


bajarilishini tashkil etish. 
Menejmentning ba’zi bir texnologiyalarini keltiramiz. 

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə