3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə16/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Menejmentning yapon modeli ham katta sho’’baiqish uyg’otadi. Yaponiya jahon
bozorida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan 
qo’llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy
xarakterning o’ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan.
Yaponlar insoniy resurslarni mamlakatning asosiy boyligi deb hisoblaydilar. Xo’jalik 
yuritishning yapon tizimi tarixan vujudga kelgan guruhli jipslashganlik va yaponlarni yuqori sifatli 
mahsulotlarni yaratishga tug’ma intilishi an’analariga suyanadi. 
Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari bo’ladi. Iqtisod 
va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’langan. 
Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar 
amerikaliklarga o’xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan 
tashqari, Yaponiyada tutgan o’rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo’yicha kattaroq 
kishiga bo’ysunish an’anasi vujudga kelgan. 
Ma’lumki, insonning hulqi uning extiyojlari bilan belgilanadi. Bunga yaponlar ijtimoiy
extiyojlar (ijtimoiy guruhga tegishlilik, xodimning guruhdagi o’rni, atrofdagilarning hurmati)ni 
boshqalardan yuqori qo’yadilar. SHuning uchun ham mehnat uchun mukofotlashlarni ijtimoiy 
extiyojlar prizmasi orqali qabul qiladilar, ammo keyingi vaqtlarda yapon menejmenti o’ziga 
yakka shaxs ruhiyatiga qaratilgan amerika menejmenti kontseptsiyasini singdirib oldi. 
Yaponlar mehnatning oldida bosh egadilar. Ularni ko’pincha “mehnatsevarlar” deb 
ataydilar. Yapon xalqi boyliklari iererxiyasida mehnat birinchi o’rinda turadi. Yaponlar yaxshi 

bajarilgan ishdan qoniqishni his qiladilar. SHuning uchun ular qat’iy intizom, keskinlik va ish 


vaqtidan tashqari ishlashga chidashga rozilar. 
Menejmentning yapon modeli “ijtimoiy insonga” mo’ljallangan. “Ijtimoiy inson” 
rag’batlar va motivatsiyaning o’ziga xos tizimiga egadir. Rag’batlarga ish haqi, mehnat sharoitlari, 
rahbarlik usuli, xodimlar o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar kiradi. Xodimning mehnatdagi 
muvaffaqiyatlari, uning xizmatlarini tan olinishi, xizmatdagi o’sish, kasbiy mukammalashish, ijodiy
yondashuv mehnatga motivatsiya bo’ladilar. 
Menejmentning G’arbiy Yevropa modelini shakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining 
tadqiqotlari katta ta’sir ko’rsatgan. 
Masalan, bixeviorizim ta’siri ostida boshqaruvni psixologiyalashtirish tendentsiyasi 
kuzatiladi. Faraz qilinadiki, pulli mukofatlash barcha harakatlarni belgilab beruvchi yagona omil 
bo’lmaydi. Ular ko’proq yakka shaxsning hulqiga bog’liq bo’lgan psixiologik motivatsiyani 
belgilab beradilar. 
Keyingi yillarda amerikali tadbirkorlar ko’pincha Yaponiyaning ilg’or tajribasi, yaponlarni 
muvaffaqiyatga olib kelgan yangiliklarni o’z korxonalariga ko’chirish uchun harakatlar qilganlar. 
Bu “aniq vaqtda”, “sifat to’garaklari”, xodimlarning uzoq muddatli yoki “umrbod yollash” va 
boshqalardir. Ammo ularni barchasi ham uzoq yashay olmagan. 
O’tgan asrning o’rtalarida holat teskari bo’lgan. Yapon firmalari ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy tuzilmani tashkil qilish va boshqa amerikacha 
tamoyillarni qabul qilganlar. Mashhur “sifat to’garaklari” va “aniq vaqtida” yetkazib berish tizimi 
Amerikada vujudga kelgan, ammo dastavval u yerda keng tarqalmagan. Ular birinchi marta yapon 
firmalarida qo’llana boshlanganlar va yaxshi natijalar keltirganlar. Shuning bilan bir vaqtda 
amerikacha “insoniy resurslar”ni boshqarish usullari Yaponiyada qo’llanish topmagan. 
Bu menejmentning bitta modelini boshqa davlat iqtisodiyotiga uning o’ziga xos 
xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmasdan ko’chirish mumkin emasligidan darak beradi. 
Ringi" usuli yapon biznesida keng qo‘llaniladigan usuldir. Bu usulga ko‘ra majlislarda 
emas, balki so‘rab chiqish yo‘li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga 
oshiriladi (2-jadval). 
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas’uliyatini oldinga suruvchi 
boshqaruv falsafasining ko‘rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan.
Nazorat uchun savollar: 
 
1. Menejmentga qanday bilimlar zarur? 
2. Menejment nima? 
3. Menejer va tadbirkor qanday xususiyatlari bilan farqlanadi? 
4. Menejmentning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
5. Menejmentning amaliy qismi nimani o’rganadi? 
6. Boshqaruv munosabatlari deganda Siz nimani tushunasiz? 
7. Menejmentning qanday metodlarini bilasiz? 
8. Menejmentning qanday xorijiy modellari mavjud? 
Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə