3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə2/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda korxonalar, tashkilotlar, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni tashkil etish, 
bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga 
oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Fan mazmunini anglab yetish, talabalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va 
korxonalar tashkiliy tuzilishining optimal variantlarini tanlash, boshqaruv tizimining turli 
pog’onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, tashkilot va korxonalar boshqarish 
samaradorligini oshirish, tashkilot va korxonada mehnatni rag’batlantirish tizimini yo’lga qo’yish, 
korxonada menejer faoliyatini oqilona tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondashuv 
tamoyillarini tadbiq etish, boshqaruvda axborot va kommunikatsiyalardan samarali foydalanish
korxonada samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi 
kompetentsiyalarni shakllantirish uchun muhimdir. 
«Menejmentga kirish» kursining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida ishlay 
oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash ya’ni, o’quvchilarda zamonaviy fikrini shakllantira 
oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada nazariy va amaliy 
bilimlar berishdir. 
«Menejmentga kirish» fanining asosiy maqsadlaridan yana biri tashkilotlar (katta va 
kichik, tijorat, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlari va hokazo turdagi) to’g’risida 
asosiy ma’lumotlarni berib, ularni samaradorligini ta’minlashda rahbar o’z ishida har hil holatlarini 
hisobga oladi, kelajakni oldindan ko’ra biladi, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanadi, ya’ni har 
qanday rahbar kishini uddaburon, o’zgarishlarga tayyor, malakali va zamon bilan teng qadam 
tashlashini talab qiladi. 
Menejmentga kirish kursining asosiy vazifasi korxonalarni boshqarish tizimini 
takomillashtirish, shuningdek uning negizida bozorni zarur yuqori sifatli xalq iste’moli mahsulotlari 
bilan boyitish, jahon bozoriga chiqishga keng yo’l ochish va o’z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda 

raqobatdosh qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va u bilan birga respublika iqtisodiyotini 


boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxassislar 
tayyorlashni yo’lga qo’yishni ilmiy negizini yaratishdir. 

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə