3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə3/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ijodiy fikrlash jarayoniga uslubiy 
yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, qonunlar va kategoriyalar mazmun-
mohiyatini bilish, boshqarish tamoyillari, tizimlari, usullarini yaratishni, boshqaruv sohasidagi 
muammoli holatni baholash, harakat strategiyalarini tuzish va rivojlanish muammolarini hal 
qilishning innovatsion usullarini topish, biznes sharoitida boshqaruv va yetakchilik faoliyatining 
ahamiyatini ochib berishdan iborat. 
Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- talabalarni biznesda boshqarish faoliyati bilan tanishtirish; 
- tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish; 
- tarmoqlar va sohalar korxonalari, tashkilotlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida mehnat 
faoliyatini tashkil etishni tushuntirish
- bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga 
oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholash, xususan ijodiy fikrlashni o’rgatish; 
- zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilishining 
optimal variantlarini tanlash omillarini tavsiflash; 
- boshqaruv tizimining turli pog’onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, muammolarni 
hal qilish; 
- tashkilot va korxonalar boshqarish samaradorligini oshirish yo’llarini muhokama qilish. 
Menejmentga kirishning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining ob’ektiv qonunlari 
talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida 
iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo’naltirilgan xarakatlar tamoyillarini 
ishlab chiqishdan iborat. 
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni 
bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi 
ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga 
qaratilgandir. 
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki ularni boshqaruv 
amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan aniq vaziyatda, foydalana olish 
qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida 
qonuniyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. 

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə