3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari


Kibernetika - murakkab dinamik tizimlarni optimal va maqsadli boshqarish haqidagi fandir.  Iqtisodiy kibernetika



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə14/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Kibernetika - murakkab dinamik tizimlarni optimal va maqsadli boshqarish haqidagi fandir. 
Iqtisodiy kibernetika - iqtisodiyot jarayonidagi boshqaruvni tadqiqot etish uslublar 
yig’indisiga aytiladi. 
Boshqaruv - bir tizimning ikkinchi tizimga, uning xaddi-xarakatini ma’lum yo’nalishda 
o’zgartirish uchun maqsadli axborotli ta’sir ko’rsatishni tushuniladi. 
«Boshqarish - bor resurslardan maksimal imkoniyat xosil qilib, korxonani maqsadga sari 
yetaklash».
Chizmada ifodalangandek menejment o’z tarkibiga turli xil elementlarni qamrab olgan. Bu 
holat «menejment» iborasi «boshqaruv» iborasidan ancha kengligini ko’rsatadi. Menejment zaruriy 
holatda tashkilotning ichki muhitini o’zgartirish, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida uni 
tashkil etuvchi – struktura, ichki tashkiliy jarayonlar, texnologiya, kadrlar, tashkiliy madaniyat – 
elementlarini muvofiqlashtiruvchi funktsiyasini o’taydi. Boshqacha qilib aytganda menejment 
tashkilotda bo’lib, o’tadigan funktsional jarayonlarni boshqarib turadi. 
Tashkilot strukturasi (tuzilma) tashkilotdagi alohida bo’linmalarni ajratish, ular o’rtasidagi 
aloqalar hamda bo’linmalarni bir butunga birlashtirishni ifoda etadi. Strutktura (tuzilma)ni 
shakllantirish asosida ishlarni loyixalshtirish yotadi. Tashkilotda faoliyat avtonom ishlash tizimi, 
konveyer, modul yoki brigada shaklida olib borilishi mumkin. Albatta, bu shakllarning o’ziga 
yarasha xususiyati borligini menejment hisobga olib, zaruriy holatda loyihalashtirilgan ishlar 
tizimini qayta qurish taqozo qilinadi.
Ichki tashkiliy jarayoni – menejment tomonidan shakllantirilib va yo’naltirilib turiladi hamda 
o’z tarkibiga quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: muvofiqlashtirish, qaror qabul qilish
kommunikatsiya. 
Iqtisodiyot 
Tashkil etish, logistika 
Strukturalar 
Moliya 
Hisob 
Marketing, biznes-plan 
Mehnat resurslari 
Kommunikatsiyalar, hujjatlar aylanishi 
Dasturiy-texnik platformalar 

Muvofiqlashtirsh uchun menejment tashkilotda ikki xil rusumdagi jarayonni shakllantirish 


mumkin: 
farmoyish, bo’yruq va takliflar bilan xatti-xarakatlarni boshqarish
- me’yor va qoidalar tizimini ishlab chiqish orqali korxona faoliyatini muvofiqlashtirb turish. 
Texnologiya - tashkilot tomonidan yaratiladigan pirovard (faoliyat, xizmat) texnik vositalari 
va uslublarini ifoda etadi. Har bir samarali ishlab chiqarish jarayonni tashkil etish zaminida 
texnologiya yotganligi sababli menejment ushbu yo’nalishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. 
ayniqsa zamonaviy, ilg’or texnologiyalar tashkilotning muhitiga, insonlar o’rtasidagi munosabatga 
qanday ta’sir ko’rsatishi hozirgi kun dolzarb muammolaridan bo’lib hisoblaniladi. 
Kadrlar – har bir tashkilotning asosi hisoblanadi. Shu sababdan menejment kadrlarni 
shakllantirib, ular o’rtasidagi munosabatlarni bir tizimga keltiradi va ularni rivojlantirish, o’qitish 
hamda faoliyat bo’yicha o’sishni ta’minlaydi.
Tashkiliy madaniyat – tashkilotning ko’p yillik munosabatlari, qadriyatlari va tashqi muhitga 
ta’sir ko’rsatuvchi omillar yig’indisidan iborat. Tashkiliy madaniyat belgilangan me’yorlar, 
printsiplar va ishonch vositalari bilan amalga oshiriladi va korxona haqidagi fikr shakllanishiga
tashqi muhitdagi holatga moslashishiga hamda tashkilotning faoliyat ko’rsatish maqsadini 
belgilashga yordam beradi.
Har bir tashkilot boshqalarga nisbatan farqi bo’lsada, ammo barchasida amalga oshiriladigan 
beshta funktsional jarayoni guruhini ajratib ko’rish mumkin: 
- ishlab chiqarishni boshqaruvi
marketingni boshqaruvchi
- moliyani boshqaruvi; 
- personalni boshqaruvi; 

ekkauntingni (xo’jalik faoliyatini tahlili va uchyoti) boshqaruvi.

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə