3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə5/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Har qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan 
shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan 
jarayon va xodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday 
amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida xodisalarni umumlashtirish va 
o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim. 
Menejmentga kirish predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning 
qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv 
munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, 
ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv 
qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, 
menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir. 
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va alohida 
xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy 
unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. 
Hozirgi kunda menejmentning quyidagi tiplari va turlari mavjuddir: 
Business management – xo’jalik, tijorat tashkilotlarini boshqarishdir, ya’ni biznes 
boshqaruvidir.
Business administration – ishbilarmon ma’muriy boshqaruvchisidir. 
Publik administration – davlat boshqaruvi. 
Menejment turlari: 
1. Strategik menejment 
2. Ishlab chiqarish menejmenti 
3. Innovatsion menejment 
4. Ma’muriy menejment 
5. Operatsion menejment 
6. Moliyaviy menejment 
7. Xalqaro menejment 
8. Munitsipial menejment. 
9. Ekologik menejment. 
10. Bank menejmenti va h.k. 
Demak, menejment fani menejerlar tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. 
Menejer bu boshqaruv ishlarini amalga oshirayotgan ijtimoiy qatlamdir. 1930 yildan boshlab, 
bunday faoliyat muhim kasblar qatoridan o’rin oldi, bilimlar majmuasi mustaqil fanga aylandi
ijtimoiy qatlam esa jamiyatdagi ta’sirchan kuchga aylandi. Menejerlarning qabul qilgan qarorlari

davlat arboblari qarorlari singari mamlakatlar va kishilar taqdirini hal qiluvchi kuchga aylandi. 


Menejerlar bu biror-bir tashkilotda faoliyat ko’rsatadigan boshqaruv sub’ektidir. 
Menejer – bu boshqaruv bilan shug’ullanayotgan muhim kasb egasidir, malakali 
boshqaruvchidir. Menejmentni biznes tushunchasi bilan aralashtirib yuborish mumkin emas. Biznes 
ma’lum mahsulot yaratib yoki xizmat turini ko’rsatish bilan foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. 
Biznesmen – bu mulk, kapital egasi bo’lib, kapitaldan foydalanib daromad oluvchidir. Menejer esa 
boshqaruv bilan shug’ullanayotgan kasb egasidir. 

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə