3. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari


O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil eilishga



Yüklə 33,29 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü33,29 Kb.
#151562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-seminar pedagogika

O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil eilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga o’quvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to’liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (O’quv fanlari) pedagogik texnologiyalarialternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik-(tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid) atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik-(haqiqatni topish) yo’naltiriuvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig’ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ-(ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.

Yüklə 33,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə