3. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 33,29 Kb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü33,29 Kb.
#151562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-seminar pedagogika

Pedagogik texnologiya –  bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.

Pedagogik texnologiya turlari


Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.
Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlari:

  • Klassik ma’ruza;

  • Texnika vositalari yordamida o`qitish;

  • Maslahatchilik tizimi;

  • Darslik bo`yicha o`qitish;

  • Kichik guruhlar tizimi;

  • Kompyuter yordamida o`qitish

  • Repetitorlik tizimi;

  • Dasturlashtiriladigan boshqaruv.

Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi:

  • Avtoritar;

  • Didaktik yo`naltirilgan;

  • Ijtimoiy yo`naltirilgan;

  • Antropologik yo`naltirilgan;

  • Pedagogik yo`naltirilgan;

  • Shaxsga yo`naltirilgan;

  • Insonparvarlikka va shaxsga yo`naltirilgan;

  • Hamkorlik texnologiyalariga yo`naltirilgan;

  • Erkin tarbiyaga yo`naltirilgan;

  • Ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo`naltirilgan.


  • Yüklə 33,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə