3. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 33,29 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü33,29 Kb.
#151562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-seminar pedagogika

Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. (Izohli lug`at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
;Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya –  texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya –  axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.

Yüklə 33,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə