3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf Iroda


ob-havo deb ataladi.Havo holatiga namligi va bosimi ham  kiradi. Shamol



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/64
tarix23.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#87718
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Attestatsiya qo`llanma kitobi

ob-havo

deb ataladi.Havo holatiga namligi va bosimi ham 
kiradi.
Shamol
-havoning harakati.Yer osti va yuzidagi tabiiy boyliklardan 
odamlar foydalanadi,shuning uchun ular foydali qazilmalar deyiladi.Foydali 
qazilma to`plangan joy 
kon
 deyiladi.Konlar xaritada shartli belgilar bilan 
ko`rsatiladi.Yer ostidagi turli jarayonlar natijasida yer yuzasi yorilib,bu 
yoriqlardan turli moddalar otilib chiqqan.Yer ostidan qaynoq suyuq holatda 
otilib chiqadigan modda 
vulqon
 ( lava) deb ataladi.Ba`zi tog`lar ana shu 
vulqonlarning otilishi natijasida hosil bo`lgan. 
Yoqilg`i sifatida foydalaniladigan qazilmalar.
Ko`mir ikki xil bo`ladi
:tosh 
kabi qattiq tosh ko`mir va qo`ng`ir ko`mir,u toshko`mirga nisbatan 
yumshoqroq va oson maydalanadi.Ko`mir yoqilganda undan gaz ajralib 
chiqadi.Gaz maxsus qurilmalar yordamida suyuqlikka aylantirib undan turli 
mahsulotlar tayyorlanadi,Surxondaryo viloyatida toshko`mir,Toshkent 
viloyatida qo`ng`ir ko`mir konlari mavjud. 
Neft
-suyuq holatdagi yonilg`i hisoblanadi.Neftdan toshko`mirdan 
olinadigan mahsulotlarni ham olish mumkin.Neft nasoslar yordamida yer 
ostidan tortib olinadi. 
Tabiiy gaz neft bor joyda bo`ladi.Tabiiy gaz deb gaz holatidagi yoqilg`iga 
aytiladi. 
Temir,oltin,kumush,mis,alyumniy metallardir.Temir qora metal 
hisoblanadi.Konlarda temir boshqa moddalar bilan aralashgan qotishma 


holda,ya`ni tosh shaklida bo`ladi.Bunday tosh temirtosh deyiladi.Qora 
metal rudasi 3 xil-magnitli temirtosh,qo`ng`ir temirtosh,qizil temirtoshdan 
iborat. 
Rangli metallarga 
oltin,kumush,mis,alyumniy,qo`rg`oshin kiradi.Oltin va 
kumush qum zarralari orasida sof holda,rudalar tarkibida ham uchraydi.Mis 
va alyumniy faqat ruda shaklida uchraydi. 
Qurilishda ishlatiladigan qazilma boyliklar.Marmar eng qattiq va 
mustahkam qurilish materiali.Toshkent,Samarqand,Navoiy va Jizzax 
tog`laridan oq va pushti marmar qazib olinadi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə